![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b7/Flag_of_Europe.svg/languz-640px-Flag_of_Europe.svg.png&w=640&q=50)
CEFR
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tillar boʻyicha umumiy Yevropa maʼlumot tizimi: oʻrganish, oʻqitish, baholash (Common European Framework of Reference, CEFR) Yevropa Ittifoqida qoʻllaniladigan chet tilini bilish darajalari tizimidir. Yevropa Kengashi tomonidan 1989—1996-yillar oraligʻida „Yevropa fuqaroligini olish uchun til oʻrganish“ loyihasining asosiy qismi sifatida ishlab chiqilgan. CEFR tizimining asosiy maqsadi barcha Yevropa tillari uchun qoʻllaniladigan baholash va oʻqitish usulini taqdim etishdan iborat. 2001-yilning noyabr oyida Yevropa Ittifoqi Kengashining natijalariga koʻra, tilni bilish darajasini baholash hamda milliy tizimlarni yaratish uchun CEFR dan foydalanishni tavsiya qilinmoqda.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b7/Flag_of_Europe.svg/640px-Flag_of_Europe.svg.png)
Tizimning tashkil etilish tarixi Yevropaga ish izlab keluvchilar sonining ortishi bilan bogʻliq. XX asrning oʻrtalarida Yevropada ishlab chiqarish taraqqiy eta boshlagan va yangi ish oʻrinlari yaratilib, koʻproq ishchi kuchiga talab orta borgan sari, Yevropaga ish izlab keluvchi va bu yerda butunlay yashab qolish niyatida tashrif buyurayotganlar soni ortib bordi. Oʻsha vaqtda Yevropada ispan, nemis, fransuz va italyan tillaridan tashqari Ingliz tili ham keng miqyosda ishlatilardi. Yevropaga yashab qolish uchun kelayotganlar Yevropaning mahalliy aholisi bilan bemalol, muammosiz gaplasha olishlari kerak edi. Shuning uchun Yevropaga ishlash uchun kelayotganlar maxsus imtihonlar topshirishlari kerak boʻlgan. CEFR tizimiga asoslangan imtihonlar dastlab Yevropada amal qiladigan barcha tillar boʻyicha olingan boʻlsa-da, bugungi kunda CEFR tizimidan eng koʻp hollarda ingliz tilini oʻqitish, oʻrganish va baholashda foydalanilayapti. Chunki butun dunyo ingliz tilida gaplashayapti va bu til birinchi raqamli jahon tiliga aylanib ulgurgan.