From Wikipedia, the free encyclopedia
Buryatiya yoki Buryatiya Respublikasi (ruscha: Респу́блика Буря́тия; buryatcha: Буряад Улас) — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Sharqiy Sibirning janubida, Baykal kulidan janubiy va sharila joylashgan. Maydoni 351,3 ming km². Aholisi 1056,6 mingdan koʻproq kishi (1990-yillar oʻrtalari). Buryatiyada 21 tuman (aymoq), 6 shahar va 29 shaharcha bor. Poytaxti – Ulan Ude shahri.
Buryatiya – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1994-yil 22-fevralda qabul qilingan. Davlat boshligi – prezident. Qonun chiqaruvchi oliy (vakolatli) organi – bir palatali parlament – Xalq Xurali. Oliy ijroiya hokimiyatni respublika hukumati amalga oshiradi.
Buryatiyaning koʻp qismi togʻlik. Baykal koʻli qirgʻogʻi boʻylab HamarDaban, UlanBurgasi, Barguzin, shimolida Janubiy Muya va Shimoliy Muya tizmalari, togʻlararo soyliklar (Yuqori Angara, MuyaKaundi) joylashgan. Buryatiyaning butun shimoli-sharqiy qismini Vitim yassitogʻligi egallagan. Janubi-sharqda Sagan Daban, Xudun, Zagan, SaganXurtey kabi qator tizmalar bor. Chekka janubi-gʻarbida Buryatiyaning eng baland nuqtasi – MunkuSardik togʻi (3491 m). Foydali qazilmalari: oltin, kumush, qalay, nikel, volfram, molibden, apatit, kvars, marmar, granit, temir rudasi, kumir, grafit. Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi –24° dan –25° gacha), qor kam yogʻadi. Yozi iliq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 7° dan (togʻlarda) 18° gacha. Yiliga 300 mm yogʻin tushadi. Koʻp yillik muzloq yerlar bor. Daryolari asosan Baykal kuli va Lena daryosi havzalariga qaraydi. Baykal koʻliga Selenga, Barguzin va Yuqori Angara quyiladi. Lena havzasiga Vitim daryosi qaraydi. Togʻtayga, togʻ chimli tuproqlar, togʻlarda togʻtundra, dasht va Urmonli dashtlarda qoramtir tuproq va kashtan tuproqlar uchraydi. Maydonining 4/5 qismi oʻrmon. Hayvonot dunyosi turlituman. Sobol, olmaxon, ondatra, kolonok, oqsichqon, tulki, boʻri, oq quyon, rosomaxa, silovsin, ayiq, los, izyubr, elik, kabarga, yovvoyi choʻchqa, togʻ echkisi, shimoliy bugʻusi va boshqa yashaydi. Baykal, Barguzin qoʻriqxonalari bor.
Buryatiyada 60 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Buryatlar aholining 25%, ruslar 70%ni tashkil etadi, shuningdek ukrainlar, tatarlar va boshqa ham yashaydi. Aholisining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 3 kishi. Aholining 60% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: UlanUde, Kyaxta, Zakamensk, Gusinoozyorsk.
Buryatiya hududidan yuqori paleolit davriga mansub arxeologik yodgorliklar topilgan. Oʻsha davrda odamlar ibtidoiy jamoa tartibida yashab, ovchilik bilan shugʻullangan. Neolit davriga kelib oʻqyoy paydo boʻlgan, kulolchilik rivojlangan. Miloddan avvalgi 3-asrdan milodiy 11-asrgacha boʻlgan davrda Buryatiyada koʻchmanchi jamoalar hamda ilk feodal davlatlarning qabila uyushmalari (xunnlar, jujanlar, uygʻur, qirgʻiz va kidanlar) birinketin hukm surib turgan. Asosiy buryat qabilalari – bulagʻat, exirit vaxorinslar 13-asrdan avvalroqshu yerlarda yashagan. Buryatlar xoʻjaligini asosan chorvachilik tashkil etgan. Baʼzi aymoqlarda dehqonchilik, ovchilik, hunarmandchilik bilan shugʻullanganlar. 17-asrda Buryatiyada birinchi bor rus kazak otryadlari paydo boʻldi. Bu yerlarda harbiy istehkomlar qurila boshlanib, shu munosabat bilan Rossiyadan davlat xizmatidagi kishilar, sanoat ishchilari, rus dehqonlari (mujiklar) koʻchib kela boshladilar. 17-asr oʻrtalarida Gʻarbiy Buryatiya, keyinroq uning qolgan kismi Rossiya tarkibiga qoʻshib olindi. 20-asr boshlarida chorizmga qarshi harakat avj oldi. 1918-yil fevralda Shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. Oʻsha yilning avgustda Yaponiya va 1919-yil aprelda Amerika qoʻshinlari bosib oldi. 1920-yil martida xalq lashkarlari shoʻro armiyasi yordamida Buryatiyani ozod kildi. Natijada 1921-yil 27-aprelda BuryatMongol, 1922-yil 9-yanvarda MongolBuryat muxtor viloyatlari paydo boʻldi. 1923-yil 30-mayda ular birlashtirildi va RSFSR tarkibida Buryat Mongol ASSR tashkil topdi. 1958-yildan Buryatiya ASSR, 1991-yildan Buryatiya Respublikasi deb nomlandi. 1990-yil oktabrda Buryatiyaning davlat suvereniteta haqidagi deklaratsiya kabul qilindi.
Tashqi savdo aylanmasi 190 mln. AQSH dollariga yaqin. Buryatiya hududida 100 dan ortiq qoʻshma korxonaga 20 mamlakat sarmoya sarflagan. Dunyodaga 60 davlat, jumladan, Xitoy, Mongoliya, Italiya, Litva, Ukraina, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va boshqa bilan savdo qiladi. Chetga chiqariladigan mahsulotlari: yogʻoch, sellyuloza, jun, don, kumush, rangli metallar, kumir, marmar, moʻyna, charm, oyna va boshqa Chetdan sanoat uchun butlash detallari va boshqa asbobuskunalar keltiradi. Buryatiyada 4 mingdan ziyod vrach aholiga xizmat koʻrsatadi. Buryatiya hududida 300 dan koʻproq shifobaxsh buloq, Goryachinskdagi balneologiya shifoxonasi, Arshan, Sayan tog kurortlari, "Baykal" sanatoriysi bor. Buryatiya ilmiy markazi va Sharq tibbiyoti markazida Tibet tibbiyoti sirlari oʻrganiladi. 10 dan koʻproq dori-darmon tibetcha resept boʻyicha ishlab chiqilgan, tomirga qarab tashhis qoʻyuvchi avtomat majmua yaratilgan, "Baykalfarm" dori-darmon ishlab chiqarish korxonasi mavjud.
Buryatiyada mashinasozlik va metall ishlash tarmoklari rivojlangan. Jumladan, aviatsiya sanoati (Mi-8, Mi-17 vertolyotlarini ishlab chikaruvchi UlanUde aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi), transport mashinasozligi (lokomotivvagon taʼmir zavodi), priborsozlik (avtomatlashtirish priborlari va vositalarini ishlab chiqaruvchi "Teplopribor" zavodi), chorvachilik uchun mashina va asbobuskunalar ("Buryatfermmash" birlashmasi), oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz sanoati ("Zabaykalles" konserni, Selenga sellyulozakarton kombinati), binokorlik materiallari sanoati (Timlyuy sement va asbest buyumlar zavodi) korxonalari bor. Yengil sanoatda "UlanUde manufakturasi" aksiyadorlik birlashmasi, UlanUde ustki trikotaj kiyimlar fabrikasi eng yirik korxonalardir. Oziq-ovqat sanoati korxonalari UlanUde, Zakamemsk. UstBarguzin, Nijneangarskda joylashgan. Mudofaa korxonalarida xalq isteʼmol mollari: aviatsiya zavodida kir yuvish mashinalari, priborsozlik birlashmasida tibbiyot asboblari, radio zavodida audio va videopriyomniklar ishlab chiqariladi. Gusinoozersk davlat elektr stansiyasi va UlanUdeda 2 issiklik elektr stansiyasi bor.
Qishloq xoʻjaligida mayin junli qoʻychilik, goʻsht-sut, goʻsht chorvachiligi yetakchi tarmoqlardir. Qoramolchilik, choʻchqachilik, yilqichilik, parrandachilik, hayvonotchilik, bugʻuchilik hamda moʻynali hayvonlarni ovlash rivojlangan. Buryatiya janubida va Barguzin daryosi vodiysida dehqonchilik qilinadi; donli ekinlar, asosan bahori bugʻdoy, suli va arpa ekiladi.
Asosiy transport turi – temir yoʻl (uz. 1200 km, yuk aylanmasining 80%). Buryatiya janubidan Transsibir temir yoʻl, shimolidan Baykal-Amur magistrali (BAM) oʻtadi. Respublika hududining har 10 ming km²ga 34 km temir yoʻl toʻgʻri keladi. Buryatiya UlanUdeni Mongoliyaning UlanBator va XXRning Pekin shaharlari bilan bogʻlaydi. Avtomobil yoʻllari uzunligi– 9530 km. UlanUde shahrida aeroport bor. Baykal koʻlida, Selenga, Barguzin va Yuqori Angara daryolarida kemalar qatnaydi. Baykal boʻyida turizm yoʻlga qoʻyilgan. Zabaykalye va Tunkin tabiiy milliy bogʻlari barpo etilgan.
Buryatiyada 4 oliy (20 mingdan ortiq talaba) va 20 oʻrta maxsus (16 mingga yaqin talaba) oʻquv yurti, 6 kollej, 44 boshlangʻich hunar taʼlimi oʻquv yurti, 602 oʻrta umumiy taʼlim maktabi (191 ming oʻquvchi), litsey va gimnaziyalar faoliyat koʻrsatadi. Sharqiy Sibir texnologiya universiteti, Buryatiya ilmiy markazi bor.
Qadim zamonlarda buryatlarning rivojlangan badiiy adabiyoti boʻlmagan. 18-asr urtalaridan xalq ogʻzaki ijodiyoti namunalarini yozib olishga kirishilgan, ular orasida magtal deb atalgan madhiyalar, turli sheʼrlar, qoʻshiqlar va dostonlar bor. Xalq sheʼriy ijodiyoti zamonaviy buryat adabiyotining shakllanishiga barakali taʼsir oʻtkazdi. Qoʻshiq va laparlar, afsona va rivoyatlar, maqol va matallar, ertak va dostonlarda xalqning fikrtuygʻulari, orzuumidlari ifodalangan. Bir necha oʻn ming satrdan iborat boʻlgan "Geser" milliy eposi buryatlar qahramonnoma ijodkorligining choʻqqisi hisoblanadi. 20-asr boshlarida ulus yozma dramaturgiyasi dunyoga keldi. Bu janrni D. A. Abasheev, S. P. Baldayev, I. V. Barlukov, K. G. Saltikov boshlab berdilar. 20-yillarda ijodiy yoʻlini boshlagan X. N. Namsarayev zamonaviy buryat adabiyotiga asos soldi. U oʻzining bir pardali pyesalarida, sheʼr va hikoyalarida, "Gelenboboning iqrori" poemasida xalq hayotini tasvirladi. Uning "Sirempil" qissasi mehnat axlining ozodlik va baxtsaodat yoʻlidagi kurashini ifodalaydi. Muallifning "Taysha qamchisi" pssasi va "Tong shafagʻi" romani buryat adabiyotining oltin fondiga kiradi. Buryat shoir va adiblaridan Solbone Tuy, S. Don, N. Baldano, B. Bazaron, Ch. Sidendambayev, B. Mungunov, D. Batajabay, M. Stepanov, J. Baldanjabon, I. Kalashnikov, S. Galsanov, D. Jalsarayev asarlari mashhur. Ikkita respublika va bir necha tuman gaz.lari nashr etiladi. Respublika davlat teleradiosi ishlaydi.
Buryatiya yerlarida miloddan avvalgi davr sanʼat yodgorliklari – toshlarga oʻyib ishlangan odamlar, hayvonlar, ov manzaralari tasviri, keramika va bronza kandakorligi namunalari koʻp topilgan. Bular naqqoshlik, yogʻoch, suyak, oltin, kumush oʻymakorligi rivojlanganidan dalolat beradi. UlanUde yaqinida Ivolgin shahri (miloddan avvalgi 1-asr va milodiy 1-asr) qoldiqlari mavjud. 18-asrdan lamaizm taʼsirida qurilgan ibodatxonalarda Markaziy Osiyo va yerli xalq sanʼati anʼanalari chatishib ketdi (Aginskoye, Gusinoozyorsk, Sigalsk va boshqa shaharlarda kup ibodatxonalar saqlangan). Bular 2 va 3 qavatli, tom burchaklari yuqoriga qayrilgan. Ularning old tomonida koʻpincha ustunli peshayvon boʻlgan. Bu ibodatxonalarda Budda haykallari oʻrnatilgan. Keyingi yillarda Buryatiyada koʻplab zamonaviy turar joy, maishiy va madaniy binolar qad koʻtardi, yangi shahar va qishloqlar barpo etildi.
Xalq qoʻshiqlari, raqs va oʻyinlari milliy teatr negizini tashkil etadi. Xalqoʻyinlari anʼanasi dastlabki spektakllarda qoʻllangan aktyorlik malakasining yuzaga kelishiga sabab boʻldi. 1908–17 yillarda ilk havaskorlik teatrlari tashkil togshi. Dastlabki yozma pyesalar "Oʻlim" (D. Abasheev), "Ayb ichimlikda" (M. Barlukov), "Ikkidunyo" (M. Saltikov) 1908– 14 yillarda vujudga keldi. 20-yillarning boshida havaskorlik toʻgaraklari avj oldi. 1927-yil UlanUdeda drama teatri ochildi. Uning aktyor va rejissyorlari Buryatiya milliy teatrining tashkil topishiga yordamlashdi. 1928-yilda Buryatiya teatr studiyasi ochildi. Shu studiya asosida 1930-yilda Sanʼat texnikumi tashkil topdi va u 1936-yilda musiqateatr bilim yurtiga aylantiriddi. B. Baldano, M. Shambuyeva, G. Sidinjapov kabi atoqpi dramaturg, aktyor va rejissyorlar yetishib chiqdi. Buryatiyaning mashhur sahna ustalari: M. Stepanova, V. Xalmatov, B. Vampilov, N. Gendunov, F. Saxirov va boshqa B.da 4 ta teatr, Buryatiya davlat filarmoniyasi, "Baykal" ashula va raqs ansambli mavjud.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.