![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f6/Bretagne_in_France.svg/languz-640px-Bretagne_in_France.svg.png&w=640&q=50)
Bretan
Fransiya shimoli-gʻarbidagi yarim orol / From Wikipedia, the free encyclopedia
Bretan (fransuzcha: Bretagne) — Fransiya shimoli-gʻarbidagi yarim orol. Maydoni 35 ming km2, uz. 200 km. Qirgʻoqlari tik, kuchli yemirilgan. Yer yuzasi sertepa tekislik, balandligi 384 m gacha (Armorikan qiri). Oʻrtacha yillik yogʻin 800–1200 mm. Dub, qoraqayin oʻrmonlari bor. Vereska chakalakzorlari, torfli yerlar keng tarqalgan. Sabzavotchilik, goʻsht-sut chorvachiligi rivojlangan, baliq ovlanadi. Yirik port shaharlari — Nant va Brest.
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Bretan (maʼnolari).
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f6/Bretagne_in_France.svg/640px-Bretagne_in_France.svg.png)