From Wikipedia, the free encyclopedia
Bosmachilik — Turkistonda sovet hokimiyati va bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borilgan qurolli harakatga shoʻro hukumati davrida berilgan rasmiy nom.
Bosmachilik | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Mixail Frunze | Anvar Posho |
"Bosmachi" soʻzi aslida turkiy „bosmoq“ (hujum qilmoq) feʼlidan yasalgan. Xalq oʻrtasida „bosmachi“ deb harbiy birlikka aloqasi boʻlmagan jinoyatchi unsurlar, oʻgʻri va bezorilar tushunilgan. Shuningdek birovlarning yurtini bosib olgan bosqinchilarni ham „bosmachilar“ deyish mantiqan toʻgʻri keladi. 1918-yilning boshidan 1919-yil oʻrtalarigacha boʻlgan arxiv hujjatlarida „bosmachi“ soʻzi uchramasdan, uning oʻrniga „qaroqchi“, „bosqinchi“ iboralari qoʻllangan. 1919-yilning oʻrtalaridan boshlab avval vaqtli matbuotda, soʻngra rasmiy hujjatlarda „bosmachi“ va „bosmachilik“ iboralari keng ishlatilgan. Bu iboralar milliy ozodlik harakatining mohiyatini soxtalashtirish, ajdodlarimizning sovet rejimi va bolsheviklar hukmronligi hamda qizil armiyaning bosqinchilik siyosatiga qarshi olib borgan qurolli kurashlarini niqoblash uchun buyuk davlat shovinistlari tomonidan oʻylab topilgan hamda „banditlik“, „qaroqchilik“ degan soʻzlar bilan asossiz ravishda bir qatorga qoʻiilgan.
1979—89-yillarda SSSRning Afgʻonistondagi intervensiyasiga qarshi afgʻon xalqining olib borgan ozodlik kurashi qatnashchilarini ham dastlab sovet matbuoti „bosmachilar“ deb nomladi. Keyinchalik oʻz vatanining mustaqilligi uchun kurashgan afgʻon mujohidlari „dushmanlar“ deb ataldi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.