Musiqa maktablari, bolalar musiqa maktablari — boshlangʻich musiqa taʼlimini beruvchi maxsus oʻquv yurtlari. Musiqa maktablariga asosan umumtaʼlim maktablarida oʻqiydigan isteʼdodli bolalar va oʻsmirlar qabul qilinadi. Musiqa maktablarida musiqa cholgu asboblari (fortepiano, skripka, violonchel, truba, klarnet, akkordeon va boshqa, oʻzbek xalq cholgularidan — doyra, qashqar rubobi, dutor, gʻijjak, chang, nay va boshqalar)da chalish oʻrgatiladi; musiqa savodi va elementar musiqa nazariyasi, solfejio, musiqa adabiyoti, xor qoʻshiqchiligi boʻyicha taʼlim beriladi. Oʻqish muddati 5 (xalq, urma va puflama chol-gʻulari boʻlimlarida) va 7 (Yevropa cholgu asboblari boʻlimida) yil. Oʻzbekistonda Musiqa maktablari 20-asrda tashkil qilingan. Turkiston xalq konservatoriyasi (Toshkent, 1918), Xalq konservatoriyalari (Samarqand, Fargʻona, 1919)da talabalarga 1-bosqich musiqa taʼlimi berilgan. 1920-yil Buxoroda Sharq musiqa maktabi ochilib, unda Shashmaqom uslublari oʻrgatilgan. Hozirda Oʻzbekistonda 300 dan ortiq 7 yillik Musiqa maktablari mavjud. Ulardan tashqari Toshkentda Glier nomidagi, V. Uspenskiy nomidagi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi Respublika maxsus musika akademik litseylari, Respublika puflama va urma cholgʻu sozandalari tarbiyalovchi, shuningdek, Andijon, Kattaqoʻrgʻon, Fargʻona shahri musika internat maktablari mavjud.[1]
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Manbalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.