From Wikipedia, the free encyclopedia
Bolalar kutubxonasi – maktab yoshidagi bolalar va usmirlarga xizmat koʻrsatadigan muassasa. Oʻzbekistonda bunday kutubxonalar ommaviy ravishda 30-yillarda vujudga kela boshlagan. Yosh avlodni davr talabi darajasida tarbiyalashda Bolalar kutubxonasi muhim ahamiyatga ega. Bolalar kutubxonasining kitob jamgʻarmasi tarbiya vazifalari va kitobxonlarning yosh xususiyatlariga muvofiq tashkil etiladi. Kitob oʻqish yuzasidan bolalarga yakka tartibda yoʻl-yoʻriq koʻrsatiladi, turli ommaviy tadbirlar oʻtkaziladi. 1965-yilda tashkil qilingan Respublika bolalar kutubxonasi respublika viloyatlari bolalar kutubxonalariga, bolalar bilan ishlaydigan muassasalarning kutubxonalariga uslubiy rahbarlik vazifasini bajara boshladi (kutubxona jamgarmasi 300 mingdan ortiq, 1998). Yoshlarni bilimli, maʼnaviy barkamol qilib tarbiyalash, ularda oʻqish madaniyatini shakllantirishda Bolalar kutubxonalarining olib borayotgan ommaviy ishlari qoʻl kelmoqda (mashhur kishilar bilan uchrashuvlar, „Kitobxonlar konferensiyalari“, „Ovozli oʻqishlar“, „Adabiy ertaliklar“, „Kitoblar haftaligi“ va hokazo).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.