![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/30/Bog%2527ot_tumani.png/640px-Bog%2527ot_tumani.png&w=640&q=50)
Bogʻot tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
Bogʻot tumani – Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyati tarkibidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. 1930 va 50-yillarda bir necha marta yondosh tumanlarga qoʻshib yuborilgan va 1970-yil 7-dekabrda qayta tashkil etildi. Bogʻot tumani Xorazm viloyatining janubi-sharqiy qismida joylashgan. Shimolda viloyatning Xonqa tumani, gʻarbda Yangiariq tumani, shimoli-sharqda Amudaryo orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, sharqda Hazorasp tumani va janubida Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 0,44 ming km2. Aholisi 170 ming kishidan ziyod (2022). Bogʻot tumanida 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshariq, Bogʻot, Dehqonbozor (Kirov), Madaniyat (Pobeda), Nayman (Leninizm), Xitoy (Jdanov), Xoʻjalik, Qizilravot, Qipchoq, Qorayantoq (Dmitrov), Qulonqorabogʻ (Lenin)) bor. Markazi – Bogʻot shaharchasi[2].
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Xorazm viloyati |
Maʼmuriy markazi | Bogʻot |
Asos solingan sanasi | 1926-yil |
Hokim | Raximov Jo'rabek |
Aholi (2008) | ↗169,486[1] |
Zichligi | 297,7 kishi./km² |
Millatlar tarkibi | Oʻzbeklar |
Dinlar tarkibi | Musulmonlar |
Maydoni |
0,44 ming km² (7,2 %) |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Pochta indeksi | 220200 |
Internet domeni | .uz |
Avtomobil raqami kodi | 90 |
Xaritada | |
![]() | |
41°21′7″N 60°49′6″E |