Bodega mushugi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Bodega mushugi (shuningdek, gostronom, ombor, doʻkon yoki bozor mushugi deb ham ataladi) — doʻkonda yashaydigan, ishlaydigan mushuk turi. Ferma mushuklari, kutubxona mushuklari va kema mushuklari singari, doʻkon mushugi odatda kemiruvchilarni yoʻq qilish va ularni koʻpayishini oldini olish uchun biologik zararkunandalarga qarshi kurashadigon aralash zotli mushukdir.
Doʻkon mushugi doʻkon egasi tomonidan boqiladigan uy mushugi yoki doʻkon egasi tomonidan muntazam ovqatlanish orqali doʻkonga jalb qilinadigan yarim yovvoyi mushuk boʻlishi ham mumkin. Sogʻliqni saqlash boʻlimlari odatda doʻkon mushuklarini isteʼmol qilinadigan mahsulotlar sotiladigan muassasalardan tirik hayvonlarni taqiqlovchi oziq-ovqat kodlari ostida taqiqlaydi.