From Wikipedia, the free encyclopedia
Boʻston — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi shahar (1983-yildan). Ellikqalʼa tumani markazi. Aholisi 22,6 ming kishi (2017), asosan qoraqalpoqlar, oʻzbeklar, shuningdek rus, tatar, turkman, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Urganchgacha 62 km. B. dan Nukusgacha boʻlgan masofa 140 km.
Boʻston | |
---|---|
shahar | |
41°51′0″N 60°56′0″E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qoraqalpogʻiston |
tuman | Ellikqalʼa tumani |
Aholisi (2017) |
22 600 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Shahar yonida Oʻzbekiston FA Botanika instituti va botanika bogʻining filiali (70 ga) barpo qilingan. B.da 1998—99 yillarda madaniyat va istirohat bogʻi (maydoni 50 ga) bunyod etiddi. 3 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, akademik litsey, madaniyat uyi, 12 kutubxona, klub, stadion, 31 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, markaziy dorixona, dehkon bozori, 10 umumiy ovqatlanish shoxobchasi bor. Shaharda "Elteks" toʻqimachilik kompleksi, paxta tozalash zavodi, "Elnur" xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish korxonalari ishlab turibdi. 2 avtokorxona, 5 koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna faoliyat koʻrsatadi. "Faxriylar bogʻi", "Yashil xiyobon" kabi dam olish maskanlari tashkil qilingan.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.