From Wikipedia, the free encyclopedia
Byorn Xelge Semundset Riise (1983-yil, 21-iyunda tugʻilgan) — norvegiyalik sobiq professional futbolchi. Yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Norvegiya terma jamoasi safida 35 ta oʻyin oʻtkazgan. 2009-yilning iyulidan 2012-yilning avgustigacha APLning Fulham klubida o‘ynagan. „Liverpool“ va „Fulham“ning sobiq futbolchisi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Bjørn Helge Semundseth Riise[1] | ||
Tavallud sanasi | 21-iyun 1983-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Ålesund, Norvegiya | ||
Boʻyi | 1.74 m[2] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Hessa | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2000—2003 | Aalesund | 49 | (5) |
2003—2005 | Standard Liège | 17 | (0) |
2004—2005 | → Brussels (ijara) | 31 | (2) |
2005—2009 | Lillestrøm | 86 | (10) |
2009—2012 | Fulham | 15 | (0) |
2011 | → Sheffield United (ijara) | 13 | (1) |
2011 | → Portsmouth (ijara) | 2 | (0) |
2012—2015 | Lillestrøm | 82 | (7) |
2015—2018 | Aalesund | 55 | (3) |
2018 | Sogndal | 8 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2004—2005 | Norvegiya U21[3] | 16 | (5) |
2006—2013 | Norvegiya[4] | 35 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Faoliyatining boshida Riise bir qancha klublar, jumladan, Manchester City va Cardiff City klublarida oʻynashni xohlagan. Ammo 2000-yilda Aalesund safida qoʻshilgan. Klubdagi 3 mavsum davomida 49 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan.
2003-yil yanvar oyida Standard Liège bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Norvegiyalik hamkasbi Ole Martin Årst bilan jamoadosh boʻldi.
„Standard Liej“ safida atigi 17 ta o‘yin o‘tkazganidan so‘ng Brusselsga ijaraga berildi.
Riise 2005-yilning yozida Lillestrom bilan Norvegiyaga qaytib keldi va klub bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi. Lillestrom safidagi debyutini 3-iyul kuni Moldega qarshi oʻyinda oʻtkazdi.
2009-yil iyul oyida Norvegiya ommaviy axborot vositalari Riise 2 million funt sterling evaziga Fulhamga oʻtishini xabar qilishdi[5][6]. Ammo keyinchalik Riise nomaʼlum toʻlov evaziga uch yillik shartnoma imzoladi[7].
Keyingi mavsumda yangi bosh murabbiy Mark Hughes qoʻl ostida asosiy jamoada oʻynash biroz qiyin boʻldi va 2011-yilning fevraliga kelib Sheffield Unitedga ijaraga oʻtishni afzal koʻrdi[8]. Ingliz futbolidagi birinchi golini „Leeds United“ga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi[9].
Riise 2011-yil 26-sentyabrda qisqa muddatli ijara asosida Portsmouthga qo‘shildi[10].
2012-yil 28-iyulda Riise Lillestrom qaytdi[11].
Lillestrømda uch yil oʻtgach, faoliyatini boshlagan klub — Aalesund bilan shartnoma imzoladi.
16-avgust kuni Norvegiyaning Sogndal Fotball klubi bilan shartnoma imzoladi.
Riise 2018-yilgi mavsumdan keyin faoliyatini yakunladi.
Riise Norvegiya terma jamoasi safida ilk bor 2008-yilgi Yevro-2008 saralashida Maltaga qarshi oʻyinda maydonga tushgan, uchrashuvda Norvegiya terma jamoasi 4:0 hisobida gʻalaba qozongan. Riise Norvegiyadagi birinchi golini Bosniya va Gersegovinaga qarshi saralash oʻyinida kiritdi. Norvegiya 2:0 hisobida gʻalaba qozondi[12].
Riise sevgilisi Lena Jenssenga 2010-yilning yozida uylangan. Er-xotinning Noah, Filip va Levi ismli uchta o‘g‘li bor.
Mavsum | Klub | Diviziya | Liga | Kubok | Jami | |||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | |||
2005 | Lillestrøm | Tippeligaen | 13 | 0 | 3 | 0 | 16 | 0 |
2006 | 25 | 1 | 3 | 1 | 28 | 2 | ||
2007 | 24 | 3 | 7 | 1 | 31 | 4 | ||
2008 | 9 | 0 | 1 | 0 | 10 | 0 | ||
2009 | 15 | 6 | 2 | 0 | 17 | 6 | ||
2009—2010 | Fulham | Angliya Premyer-ligasi | 12 | 0 | 4 | 0 | 16 | 0 |
2010—2011 | 3 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | ||
2011—2012 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
2010—2011 | Sheffield United | The Championship | 13 | 1 | 0 | 0 | 13 | 1 |
2011—2012 | Portsmouth | 2 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | |
2012 | Lillestrøm | Tippeligaen | 11 | 2 | 0 | 0 | 11 | 2 |
2013 | 29 | 5 | 6 | 1 | 35 | 6 | ||
2014 | 27 | 0 | 1 | 0 | 28 | 0 | ||
2015 | 15 | 0 | 0 | 0 | 15 | 0 | ||
2015 | Aalesund | 13 | 0 | 0 | 0 | 13 | 0 | |
2016 | 24 | 2 | 3 | 0 | 27 | 2 | ||
2017 | Eliteserien | 16 | 1 | 1 | 0 | 17 | 1 | |
2018 | OBOS-ligaen | 4 | 0 | 1 | 0 | 5 | 0 | |
2018 | Sogndal | 5 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | |
Jami faoliyati | 268 | 21 | 31 | 3 | 299 | 24 |
T/r | Sana | Joy | Raqib | Natija | Musobaqa | Gol lar soni |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2007-yil 17-oktyabr | Koshevo stadioni, Sarayevo, Bosniya va Gersegovina | Bosniya va Gersegovina | 2—0 | UEFA Yevro-2008 saralashi | 1 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.