Biya (daryo)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Biya — Oltoy oʻlkasidagi daryo, Ob daryosining eng yirik oʻng irmogʻi; Teles koʻlidan boshlanadi. Uzunligi 301 km, havzasining maydoni 37 ming km². B.ning yuqori qismi togʻlar orasidan, oʻrta qismi sertepa yerlardan, quyi qismi Lebed (oʻng) irmogʻi quyilgach, keng vodiydan oqadi. B. koʻproq qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi Biysk shahri yonida 477 m³/sek. Noyab.dan aprelgacha muzlaydi. B. quyilish joyidan 225 km masofada kema qatnaydi. Yogʻoch oqiziladi.
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Biya (maʼnolari).
Qisqa faktlar Tavsif, Suv oqimi ...
Biya | |
---|---|
[[Tasvir:|250px|]] | |
Tavsif | |
Uzunligi | 301 |
Maydoni | 37 000 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Suv oqimi | |
Quyilishi | Ob |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Biya (daryo) |
Yopish