From Wikipedia, the free encyclopedia
Birmingem markaziy masjidi, Birmingem masjidi Trust tomonidan boshqariladigan Angliyaning Birmingem shahrining Haygeyt hududidagi masjiddir. „Britaniyadagi musulmonlar“ tashkiloti Birmingem markaziy masjidini mazhabsiz deb tasniflaydi[1]. Masjid 6000 kishiga moʻljallangan, jumladan ayollar ham masjidda namoz oʻqishlari mumkin[1]. Masjid 2016-yilda ajrashish boʻyicha 400 ta murojaatni koʻrib chiqqan Shariat kengashiga ega[2].
Masjid | |
Birmingem markaziy masjidi Birmingham Central Mosque | |
Mamlakat | Angliya |
Hudud | Birmingem |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Sayt | www.centralmosque.org.uk Rasmiy sayt |
Birmingem markaziy masjidi Vikiomborda |
Masjidning 21 nafar vasiy roʻyxati mavjud[3] va uning raisi Muhammad Afzal. Uning oʻrinbosari Muhammad Najib hisoblanadi.
Minora tepasiga 1981-yilda oltin gumbaz qoʻyilgan[4]. 1986-yilda masjid maʼlum chegaralarda azon oʻqishga ruxsat soʻragan va bu ruhsat berilgan[5]. 1988 va 1990-yillar orasida Al-Hijrah maktabi Kichik Hitdagi Midlend Hausga koʻchib oʻtishdan oldin masjid ichidagi uchta ijaraga olingan xonada bolalarni oʻqitgan[6].
2006-yilda West Midlands yongʻin xizmati masjiddagi ofisda boshlangan yongʻinni oʻchirgan. Yongʻin uzoqqa tarqalmagan, ammo elektronikalarga zarar yetkazgan va qogʻozlarni ham yoʻq qilgan[7].
2011-yil dekabr oyida bir kishi Facebook orqali masjidni portlatish bilan tahdid qilganidan keyin hibsga olingan[8].
2017-yil aprel oyida Angliya Mudofaa Ligasi (EDL) noroziligidan soʻng, Birmingem markaziy masjidi ushbu namoyishlarga qarshi turish va dinlararo muloqotni rivojlantirish maqsadida choy ziyofatini oʻtkazgan. Choy ziyofati asl EDL marshiga qaraganda koʻproq ishtirokchilarni oʻziga jalb qilgan[9].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.