Birlashgan Millatlar Tashkilotining sanoatni rivojlantirish tashkiloti
From Wikipedia, the free encyclopedia
Birlashgan millatlar tashkilotining sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) — BMTning xalqaro tashkilotlaridan biri. 1966-yilda rivojlanayotgan mamlakatlar sanoatini jadal taraqkiy ettirish va ragʻbatlantirish hamda BMTning mazkur sohasidagi faoliyatini muvofiqpashtirish maqsadida tuzilgan. Qarorgohi — Vena shahri (Avstriya)da. YUNIDOga 150 davlat aʼzo (1990). Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, unga teng huquqli aʼzo sifatida kirdi. OʻzRda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida mazkur tashkilotning respublika sanoatini rivojlantirishga oid qator dasturlari ishlab chiqildi.