Berlin operatsiyasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Berlin operatsiyasi – Ikkinchi jahon urushi davrida amalga oshirilgan eng yirik harbiy operatsiyalardan biri (1945 i. 16.4.—8.5). 1-va 2-Belorussiya va 1-Ukraina (qoʻmondonlar – G. K. Jukov, K. K. Rokossovskiy, I. S. Konev) frontlari qoʻshinlari nemis qoʻshinlarining Oder, Neyse daryolari boʻylari va Zelov tepaliklaridagi mudofaasini yorib oʻtib dushmanning Berlin va Berlinning janubi sharqrogʻidagi yirik guruhlarini qurshab oldi, soʻng qattiq janglarda ularni yoʻq qildi. Sobiq Ittifoq qoʻshinlari 30 aprelda shturm bilan reyxstagni egalladi. 2-mayda Berlin garnizonining omon qolgan qismi taslim boʻldi. 8-mayda Germaniya qoʻmondonligi vakillari Berlinda fashistlar Germaniyasi qurolli kuchlarining soʻzsiz taslim boʻlgani xususidagi hujjatni imzoladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.