From Wikipedia, the free encyclopedia
Ayzek Azimov (2-yanvar 1920-yil; 6-aprel 1992-yil) — amerikalik fantast yozuvchi, fan targʻibotchisi. Belorussiyaning Petrovichi qishlogʻida tugʻilgan. 1923-yilda ota-onasi bilan Nyu-York shahriga koʻchib ketgan. Oʻsha yerda Kolumbiya universitetini tugatgan. Mutaxassisligi bioximik. Azimov Ayzeklari uchun falsafa doktori unvonini olgan. Birinchi qissasi 1939-yil e’lon qilingan. Shundan soʻng "Poydevor va Imperiya" (1952), "Men robotman", "Mangulik intihosi" (1955), "Neytrino", "Darba-dar" (1966), "Koinot oqimlari" (1972), "Poydevor qirralari" (1982), "Poy-devor va Yer" (1986) asarlarini e’lon qildi. A. fantastikaga intellektual nasr unsurlarini kiritdi va uni badiiy nasrga yaqinlashtirdi. Bundan tashkari asarlaridan ijtimoiy muammolar ham oʻrin olgan. A. ilmiy fantastika asoschilaridan biri. A.ning bir qancha hikoyalari va "Koinot oqimlari" romani oʻzbek tiliga tarjima qilingan.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.