From Wikipedia, the free encyclopedia
August Yakobson [1904.20.8 (2.9), Pryanu yaqinidagi Ryaema qishlogʻi — 1963.23.5, Tallin] — Estoniya xalq yozuvchisi (1947), davlat arbobi. Tartu untida oʻqigan (1932—35), "Rangpar ot" (1928—33), "Andruksonlar avlodi" (1931—34) romanlarida ilk ijodiga xos naturalistik boʻyoqlar koʻzga tashlanadi. "Barhayot estonlar" (1—4 j., 1937—40) romani hamda "Oxirgi bekat" (1934), "Oddiy askar Mattas" (1935) va boshqalar qissa va hikoyalar toʻplamlarida ijtimoiy nohakliklar ochib tashlangan. "Qon va oʻt kechib" (1942), "Bahodirlar yoʻli" (1944) va boshqalar hikoyalar toʻplamlarida 2-jahon urushi voqealari aks etgan. "Qalʼadagi hayot" (1946), "Yashirin kurash" (1946) pyesalari ijtimoiy-siyosiy mavzuda. "Ikki lager" (1948), "Chiyaboʻrilar" (1951) asarlarida jahon miqyosidagi keskin mafkuraviy kurash tasvirlangan. "Keksa dub" dramasi (1954), "Yuksalishga intilish", "Qaynoq kun" (1949) hikoya va qissalar toʻplamlari muallifi.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.