From Wikipedia, the free encyclopedia
Aristofan (Aristophane, Qadimgi yunon tili – Ἀριστοφάνης) (taxminan miloddan avvalgi 445 – 385) – yunon shoiri, „komediya otasi“. Aristofan nazari davrning dolzarb muammolariga qaratilgan boʻlib, ijodida yorqin namoyon boʻladi va oʻsha davr dehqonlar ommasi manfaatlarini ifodalaydi. U shahar aholisi past tabaqasini oʻziga rom etgan radikallar aqidasiga („Chavandozlar“), sofistlarning individual falsafasiga („Bulut“) ishonchsizlik bilan qaradi. U har ikkalasida ham Afina demokratiyasining inqirozi alomatlarini koʻra oldi. Aristofan komediyalarida muhim voqealarga munosabat, harbiy siyosatga qarshi kayfiyat yaqqol seziladi („Lisistrata“), Hayotiy shaxslarni kamsitish („Bulut“da – Sokratni), fantastik vaziyatlar („Ahariyanlar“, „Qushlar“) ham Aristofan ijodiga mavzu boʻlgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.