Argentina — Germaniya munosabatlari
From Wikipedia, the free encyclopedia
Argentina va Germaniya oʻrtasidagi tashqi aloqalar bir asrdan ortiq mavjud. Erkin Gamburg shahar-davlati 1829-yilda Argentina bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan birinchi nemis davlati boʻlgan. Germaniyaning Argentinaga birinchi elchisi 1871-yil 7-mayda yuborilgan.
Argentina |
Germaniya |
Diplomatik vakolatxona | |
Argentina elchixonasi Berlinda | Germaniya elchixonasi Buenos Ayresda |
Elchixona | |
Elchi Pedro Villagra Delgado | Elchi Yurgen Kristian Mertens |
Argentinadagi nemis immigratsiyasi Janubiy Amerikadagi eng katta hamjamiyatlardan hisoblanadi. 3 000 000 dan ortiq argentinaliklar nemis millatiga mansub.
Immigrantlar Argentina taʼlim tizimiga katta taʼsir koʻrsatdi va koʻplab nemis maktablarini ochishga erishdi. Darhaqiqat, Argentina armiyasi sanoat uchun koʻplab nemis olimlari va texniklarini jalb qilishni rejalashtirgan. Koʻpgina nemis tadbirkorlari va mutaxassislari Argentina sanoatida nemis texnologiyasini yanada kengaytirish usida ishlamoqda. Nemis tilida „Argentinisches Tageblatt“ deb nomlangan gazetalarning nashr etillishi („Argentina gazetasi“) degan maʼnoni anglatadi va hozirgi kungacha davom etmoqda.