Ardakon
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ardakon (forscha: اردكان, shuningdek, Ardakan va Artagan sifatida romanizatsiya qilingan)[2] — Eronning Yazd viloyatidagi Ardakan okrugining markazi. 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, uning aholisi 75,271 kishi, 22,475 oiladan iborat edi[3].
Ardakon اردكان | |
---|---|
Shahar | |
32°18′34″N 54°1′7″E | |
Mamlakat | Eron |
Aholisi (2016) |
75,271 [1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+3:30 IRST |
|
Ardakon Yazd viloyatining ikkinchi yirik shahri. XII asrda Zardugʻ hududida tashkil etilgan. Ardakon Yazddan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan boʻlib, quruq iqlimga ega.
Ardakon soʻzi forscha „muqaddas joy“ yoki „toza joy“ (forscha: arda+kan / pahlaviy: arta+gan) degan maʼnoni anglatadi. Shaharda Ardakon Katta masjidi (Masjed-e Jome) Zire-deh masjidi, Imomzoda Mir Sayyid Muhammad va Tekye bozori kabi koʻplab tarixiy va diniy diqqatga sazovor joylar mavjud.
Bu hudud Eronning zardushtiylik markazlaridan biri boʻlib, Ardakon yaqinidagi Sharifobod qishlogʻida zardushtiyning koʻplab muqaddas qadamjolari mavjud. Har yozda dunyoning turli burchaklaridan minglab zardushtiylar u yerga ziyorat qilish uchun yigʻilishadi.
Eng mashhur ziyoratgoh — Pir-e Sabz Chak Chak. Bundan tashqari Pirshoh Eshtad Izad, Pirshoh Tashtar Izad, Pirshoh Mehr Izad va Pirshoh Murad kabi ziyoratgohlar ham mavjud.
Ardakon Eronning sobiq prezidenti Muhammad Xotamiyning tug‘ilgan joyidir.
Manbalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.