Aralash ta’lim
From Wikipedia, the free encyclopedia
Blended learning (aralash o’qitish). Axborot texnologiyalari ta’limning turli yangi ko’rinishlarini taklif etmoqda, xususan keyingi vaqtlarda modulli ta’lim tizimida majmuaviy yondashuv tamoyili kuchayib bormoqda. Unda turli shakl, usullar moslashtirilgan holda joylashtirilishi aralash ta’limning innovatsiya sifatida kirib kelishiga sabab bo’ldi.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/d5/Blended-learning-methodolog.jpg/220px-Blended-learning-methodolog.jpg)
Deklan Bern «blended learning» (aralash ta’lim) haqida shunday deydi – “ushbu ta’lim boy pedagogik tajribadan samarali foydalanishga qaratilgan”. Bunday yondashuv axborotni taqdim etishda turli uslubiyotlardan foydalanishni, ta’limni tashkil etishda va ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari, yakka tarzda va guruhlarda an’anaviy faoliyatni tashkil etishga asoslanishi mumkin. Bunday turlicha yondashuv o’quvchini charchatmaydi va o’qishga bo’lgan motivlarini kuchaytiradi. Asosiy masala – tanlangan uslubiyotlarning o’zaro mutanosibligini ta’minlash va kam xarajat asosida yuqori samaradorlikka erishish hisoblanadi.