From Wikipedia, the free encyclopedia
Apofeoz (yun. apotheosis — ilohiylashtirish) — 1) biror bir shaxs yoki voqeani sharaflash; 2) tantanali yakun; 3) xalqni, qahramonni yoki biror voqeani sharaflaydigan spektakl, bayram konsert dasturi yoki sirk tomoshasining odatda yakunlovchi, tantanali ommaviy sahnasi: „Gulsara“ operasi (R. Glier va T. Sodiqov)ning yakunlovchi qismi. A. tomosha, bayram namoyishining mustaqil qismi sifatida (matneiz) boʻlishi ham mumkin. Bu turdagi A.lar ishtirokchilarning taʼsirli holatlari („jonli lavha“, „soʻzsiz sahna“) asosida quriladi. Bunda dekoratsiya, kiyim, butaforiya va boshqalar katta ahamiyatga molik. Hozir har yilgi Oʻzbekiston mustaqilligiga bagʻishlangan konsertlarda A.ning turli koʻrinishlaridan foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.