![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e3/Oranges_-_whole-halved-segment.jpg/640px-Oranges_-_whole-halved-segment.jpg&w=640&q=50)
Apelsin
From Wikipedia, the free encyclopedia
Apelsin, poʻrtaxol (Citrus sinensis — gollandcha appelsien — aynan xitoy olmasi) — rutadoshlar (apel-singullilar oilasi)ning sitruslar turkumiga mansub doim yashil daraxt va buta. Vatani — Birma va Janubi-Gʻarbiy Xitoy. Yovvoyi holda uchramaydi. Tropik va subtropik mamlakatlarda qadimdan madaniylashtirilgan (Xitoyda 2 ming yildan beri, Janubiy Yevropada 15-asrdan, Kavkazning Qora dengiz buylarida 11-asrdan). Boʻyi 6 — 12 m. Shox va novdalarida ingichka tikanlari bor. Bargi tu-xum shaklida, hosili asosan noyabr-dekabr oylarida yetiladi. Mevasi dumaloq yoki tuxumsimon, sargish yoxud qizgʻish, vazni 300 — 400 g, taʼmi nordon, tarkibida 12 % qand, 1 — 2 % limon kislota, 0,9 % oqsil, A, V, S vitaminlar va efir moyi (poʻstida) bor. A. hoʻl meva holida is-teʼmol qilinadi; undan sharbat, kompot, qiyom va murabbo tayyorlanadi, poʻstidan olinadigan moy atir-upa va konditer sanoatida qoʻllaniladi. Hosildorligi 200 — 250 s/ga cha boradi. 300 ga yaqin navi bor. Vashington navel, Silliqpoʻst, Korolyok 100 va boshqa navlari koʻp ekiladi. Eqilgandan soʻng 3 — 4 yilda hosilga kiradi. Issiqsevar va namsevar. Qulay sharoitlarda 75 yildan ortiq yashaydi va hosil beradi. Trifoliat, bigardiya, 576mahalliy navlar urugʻlaridan chiqqan nihollarga payvand qilinadi. 4x2,5 m sxemada ekiladi. temperatura — 10°da yer usti qismi butunlay nobud boʻladi. A. AQSH, Ispaniya, Italiya, Xitoy, Turkiyada hamda Gruziyaning gʻarbida koʻp yetishtiriladi. Oʻzbekiston va Tojikistonda usti yopi-ladigan maxsus uzun oʻra (transheya)larda, issiqxonalarda oʻstiriladi (yana qarang Sitrus mevalar).
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e3/Oranges_-_whole-halved-segment.jpg/640px-Oranges_-_whole-halved-segment.jpg)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/2d/%D8%A8%D8%B1%D8%AA%D9%82%D8%A7%D9%84_%D9%85%D9%86%D8%B2%D9%84%D9%8A_%D8%B7%D8%A7%D8%B2%D8%AC_%D9%85%D9%86_%D8%B4%D9%85%D8%A7%D9%84_%D8%A5%D9%81%D8%B1%D9%8A%D9%82%D9%8A%D8%A7.jpg/640px-%D8%A8%D8%B1%D8%AA%D9%82%D8%A7%D9%84_%D9%85%D9%86%D8%B2%D9%84%D9%8A_%D8%B7%D8%A7%D8%B2%D8%AC_%D9%85%D9%86_%D8%B4%D9%85%D8%A7%D9%84_%D8%A5%D9%81%D8%B1%D9%8A%D9%82%D9%8A%D8%A7.jpg)