From Wikipedia, the free encyclopedia
Andreas „Andi“ Vidxolzl — (1976-yil 14-oktyabrda tugʻilgan) avstriyalik sobiq chang'ida sakrash yoʻnalishidagi sportchi. Faoliyati davomida Andreas Bir nechta Jahon chempionatlari va Olimpiya oʻyinlarida gʻolib boʻlgan.
Andreas Widhölzl | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Avstriya |
Tavallud sanasi |
14-oktyabr 1976-yil St. Johann in Tirol Avstriya |
Sport | |
Qaysi sport | (changʻida sakrash) |
Widhölzl 1993-yilda changʻida sakrash boʻyicha Jahon kubogidagi faoliyatini boshlagan. 1997-yil va 2000-yillar oraligʻida u Jahon kubogi musobaqalarida oʻn oltita gʻalaba bilan birga ikkita Olimpiya bronza va ikkita jahon chempionati kumush medalini qoʻlga kiritgan. Bu vaqt ichida uning 1999—2000-yilgi Toʻrt tepalik turniridagi gʻalabasi asosiy natijalaridan biri hisoblanadi. Ushbu mavsumda changʻidan sakrash boʻyicha Jahon kubogida ikkinchi boʻlgan. Keyingi besh yil ichida faqat bitta Jahon kubogi musobaqasida gʻalaba qozongan, ammo 2005-yilda Avstriya terma jamoasi bilan ikki marta jahon chempionligini qoʻlga kiritgan va bir yildan soʻng qishki Olimpiya oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kiritgan. Bu natijalarning barchasi Avstriya terma jamoasi tarkibida erishilgan. 2008-yil mart oyida sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolardan soʻng changʻida sakrash boʻyicha oʻn besh yillik Jahon kubogidagi faoliyatini yakunlagan.
Widhölzl yoshligidan changʻida sakrashga qiziqqan, uning qiziqishi bu sport turini televizorda koʻrish tufayli paydo boʻlgan[1]. Taxminan oʻsha paytda kichik sportchi Tirol changʻi federatsiyasiga qoʻshilgan va changʻida yurishni oʻrgangan. Yetti yoshga toʻlganda, maktabdagi doʻsti uni Fieberbrunner Weitenjägerga qoʻshilishga koʻndiradi. Bir necha yil oʻtgach, Widhölzl oʻzining yosh guruhidagi tuman va viloyat chempionatlarida birinchi muvaffaqiyatini qoʻlga kiritgan[2].
Mavsum | Umumiy | 4H | SF | NT | JP |
---|---|---|---|---|---|
1992—1993-yil | — | 55 | — | Yoʻq | Yoʻq |
1994—1995-yil | 26 | 18 | — | Yoʻq | Yoʻq |
1995—1996-yil | 20 | 37 | 16 | Yoʻq | 21 |
1996—1997-yil | 15 | 14 | 13 | 16 | |
1997—1998-yil | 7 | 7 | |||
1998—1999-yil | 7 | 14 | 21 | 40 | 6 |
1999—2000-yil | 5 | 6 | |||
2000—2001-yil | 12 | 16 | 28 | 52 | Yoʻq |
2001—2002-yil | 4 | 5 | Yoʻq | 21 | Yoʻq |
2002—2003-yil | 12 | Yoʻq | 41 | Yoʻq | |
2003—2004-yil | 29 | 17 | Yoʻq | — | Yoʻq |
2004—2005-yil | 8 | 16 | Yoʻq | 19 | Yoʻq |
2005—2006-yil | 10 | 18 | Yoʻq | 8 | Yoʻq |
2006—2007-yil | 33 | 22 | Yoʻq | 34 | Yoʻq |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.