Andamanlar — Andaman o.larining (Hindiston) tub aholisi. 19-asr oʻrtalarida ularning soni 5 mingga yaqin edi. Mustamlakachilar tomonidan qirib tashlangan. Hozirda bir necha yuz kishi qolgan. A.ning bir qismi kelgindi xalqlar bilan aralashib, oʻzlarining et-nik va til xususiyatlarini yoʻqotganlar. Antropologik jihatdan A negroidlarga kiradi. A.ning boʻyi past (erkaklari 148 sm, ayollari 138 sm), sochlari jingalak, badanlari qora. A., asosan, ovchilik bilan shugʻullanadi, anʼanaviy ibtidoiy dinlarga eʼtiqod qiladi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.