Amazon daryosi yoki Amazonka (portugalcha: Rio Amazonas) — Janubiy Amerikadagi daryo, sersuvligi va havzasi maydonining kattaligi jihatidan dunyoda birinchi oʻrinda, uzunligi jihatidan (6,4 ming km, Ukayali irmogʻi bilan taxminan 7 ming km) Nil daryosidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Amazon 7180 ming km² maydondan suv yigʻadi. Asosiy irmogʻi — Maranon. Sharqiy Kordilera togʻ tizmasini kesib oʻtgandan keyin Amazonka pastte-kisligiga chiqadi va Ukayali daryosi bilan qoʻshilib Amazonni hosil qiladi. Amazonga taxminan 500 irmoq quyiladi, koʻpchiligi yirik daryo hisoblanadi. Oʻng tomondan Ukayali, Jurua, Madeyra, Tapajos, Shingu, chapdan — Isa, Yapura, Riu-Negru daryolari qoʻshilib kengaya boradi, oʻrta oqimida 5 km, dengizga quyilish oldida 80-150 km gacha kengayadi. Amazonning chuqurligi oʻrta oqimida taxminan 70 m, quyilish joyida 15-45 m. Daryo doim sersuv, may — iyunda toshadi. Amazon yil davomida oʻz havzasidan 1 mlrd. tonna loyka oqizib keladi. Oʻrtacha suv sarfi 220 ming m³/sek. Aling irmoqlarida yirik viktoriya-re-giya oʻsimligi oʻsadi, suv hayvonlaridan lamantinlar, delfinlar, suv choʻchqalari yashaydi. 2000 baliq turi bor. Amazon kemalar qatnay oladigan qismining uz. 4300 km. Manaus shahrigacha (okeandan 1690 km) yirik okean kemalari qatnaydi. Asosiy portlari: Ikitos, Manaus, Obidus, Santa-rel, Belen.[1]

Thumb
Amazon daryosidagi suzuvchi qishloq, Ikitos
Qisqa faktlar portugalcha: Rio Amazonas, Tavsif ...
Amazon daryosi
portugalcha: Rio Amazonas
Thumb
Tavsif
Uzunligi 6 400
Suv sarfi 209 000 m³/s (Quyilish joyi)
Suv oqimi
Boshlanishi And togʻlari
 · Boshlanish joyi Nevado Mismi
 · Balandligi 110 m
Quyilishi Atlantika okeani
 · Balandligi 0 m
Joylashuvi
Thumb
Amazon daryosining havzasi
Davlat Peru, Kolumbiya va Braziliya
Amazon daryosi
Yopish

Havolalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.