From Wikipedia, the free encyclopedia
Alyuminiy xlorid (AlCl3) — xlorid kislotaning alyuminiyli tuzi, rangsiz kristall; zichligi 2440 kg/m3, qutbli molekulalardan tuzilgan organik erituvchilarda va suvda yaxshi eriydi (100 g suvda 44,38 g). Suvli eritmalarda uning oq-sargʻish rangli kristallogidrata AlCl3-6H2O hosil boʻladi. Qutbli molekulalar (NH3, H2S, SO2) bilan birikmalar hosil qiladi. Kaolin, boksit va boshqa tabiiy minerallarga yuqori temperaturada xlor va uglerod (N)-oksid aralashmasini taʼsir ettirish yoʻli bilan olinadi. Suvsiz Alyuminiy xlorid alkillash reaksiyasida, neftni krekinglashda katalizator sifatida, shuningdek jun boʻyash sanoatida ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.