Aliqambar
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Aliqambar — 1) Turkiston xalqlari ijodida (oʻzbeklarda — A. yoki Qambar ota, turkman va qirgʻizlarda — Bobo Qambar, tojiklarda — Qambar yoki Boboi Qambar) chaqmoq va momaqaldiroq chaqiruvchi afsonaviy shaxs, baxshi va sozandalar „piri“, shuningdek musiqa asboblari (mas, dutor)ning afsonaviy ixtirochisi. Oʻzbek va tojik musiqa folklorida koʻpgina yomgʻir chaqirish marosim qoʻshiqlari (mas, „qambar bo-ziy“) A. nomi bilan bogʻliq. Xorazm afso-nalarida A. xalifa Alinkig otboqari va otboqarlar „piri“. Beruniy yozgan qad. turkiy xalqlar mavsumiy bayrami — „gahanbar“ talaffuzning oʻzgarishi natijasida A.ga aylangan degan baʼzi mulohazalar ham mavjud; 2) oʻzbek xalq kuyi. Vazmin lirik raqs, usul jihatidan ufar yoʻllariga yaqin. Ohanglari xo-razm yirik ashula yoʻllari (Feruz, Su-voralar), dostrn va maqomlarida cholgʻu naqarotlari sifatida, shuningdek ayrim oʻzbek bastakor va kompozitorlari asarlarida ishlatilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.