From Wikipedia, the free encyclopedia
Alifbo boʻyicha qotillik (inglizcha: The A.B.C. Murders) — 1936-yilda Agatha Christie tomonidan yozilgan va oʻsha yili Collins Crime Club tomonidan nashr qilingan adibaning eng mashur asarlaridan biri. Asarning asosiy personajlari Hercule Poirot, kapitan Hastings va katta inspektor Japp hisoblanadi[1].
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Ilk nashr | |
Asl nomi | inglizcha: The A.B.C. Murders |
---|---|
Muallif(lar) | Agatha Christie |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | detektiv |
Nashr etilgan sanasi | 1936-yil 6-yanvar |
Nashriyot | Collins Crime Club va Am Oved |
Avvalgisi | Bulutlardagi oʻlim |
Keyingisi | Mesopotamiyadagi qotillik |
Oʻzaro hech qanday aloqasi boʻlmagan shaxslar seriyali qotilning oʻljasiga aylanadi va ularni faqatgina oʻlgan insonlarning ismi alifbo tartibida ekanligi birlashtiradi: Andoverlik Alice Ascher, Beksxill-on-Silik Betty Bernard va shu tartibda. Har bir jinoyat oldidan qotil Hercule Poirotga qotillik vaqti va joyi yozilgan xat joʻnatadi.
Hercule va politsiya har safar jinoyat joyiga kech yetib kelishadi. Qotil har safar „ABC“ (inglizcha: alifbo) yozuvini va ABC Railway Guide maʼlumotnomasini qoldiradi.
Hercule va politsiya dastlab sarosimaga tushib qolishadi, lekin keyinchalik topilgan ashyoviy dalillardan qotil paypoq sotuvchi savdo agenti ekanligini tushunib yetishadi. Keyin esa D harfiga mos ravishda qotillik sodir etilishi kerak edi, lekin boshqa shaxs vafot etadi. Shundan soʻng politsiya oldiga Aleksandr Bonapart Kast ismli sotuvchi keladi va jinoyatlarni oʻz boʻyniga oladi. Qotil aniqlangan, ishni yopsa ham boʻladi, lekin jinoyatlarni oʻz boʻyniga olgan Kast Hercule Poirot haqida ilk marta eshitib turganligini aytadi va Herculega yozilgan xatlarning paydo boʻlishini tushuntirib bera olmaydi. Kast bosh ogʻrigʻidan aziyat chekar, xotira bilan muammolari bor edi. U qotilliklarni qanday sotir etganligini eslay olmasligini, lekin har safar qotillik sodir etilganda oʻsha yerda boʻlganligi uchun oʻzini qotil deb oʻylayotganligini aytadi. Lekin politsiya gumonlanuvchining 2-qotillik paytida alibisi boʻlganligini aniqlaydi: u mehmonxonada yashovchi bir shaxs bilan domino oʻynayotgan edi. Boshqa tomondan oʻylab qaraganda alibi soxta boʻlishi ham mumkin. Hercule dastlab Kastning aybi yoʻqligi haqida gumon qiladi, keyinchalik esa uning aybdor emasligini isbotlaydi va haqiqiy qotilni topadi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.