![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/ef/Alexander1256.jpg/640px-Alexander1256.jpg&w=640&q=50)
Aleksandr
From Wikipedia, the free encyclopedia
Aleksandr, Iskandar Maqduniy (qadimgi yunoncha: Ἀλέξανδρος ὁ Μέγας) (Sharq mamlakatlarida Iskandar) (mil. av. 356, Pella — 323.13.6, Bobil) — makedoniyalik sarkarda va davlat arbobi.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/ef/Alexander1256.jpg/320px-Alexander1256.jpg)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/98/Achaemenid_Empire_Uz.svg/640px-Achaemenid_Empire_Uz.svg.png)
Makedoniya podshosi Filipp II va uning rafiqasi Olimpiadaning oʻgʻli. Aristoteldan taʼlim olgan, harbiy ilimni otasidan oʻrgangan. 336-yil Filipp II fitnachilar tomonidan oʻldirilgach, Makedoniya taxtiga oʻtirgan.
334-yil Aleksandr Eronga yurish boshlaydi; bu bosqinchilik urushi otasi Filipp II davridayoq boshlangan boʻlib, uning oʻlimi tufayli toʻxtab qolgandi. Aleksandr qoʻshinida sarkardalardan Antipatr, Parmenion, Ptolemey Lag va boshqa, shuningdek 30 mingga yaqin piyoda jangchi, 5 ming otliq, yengil qurollangan yordamchi otryadlar va 160 ta kema boʻlgan.
Aleksandr Granik (334-yil), Iss (333-yil) va Gavgamela (331-yil) janglarida Doro III qoʻshinlarini yenggan. Aleksandr Eronning markaziy shaharlari — Bobil, Suza, Persepol, Ekbatana hamda Misrni egallagan.