![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5f/Simple_neuron_scheme.svg/languz-640px-Simple_neuron_scheme.svg.png&w=640&q=50)
Akson
From Wikipedia, the free encyclopedia
Akson (qadimgi yunoncha: ἄξων — axon — oʻq), neyrit — nerv tolalarining yigʻindisidan paydo boʻlgan oʻq; nerv hujayrasining uzun oʻsimtasi. Akson taʼsirotni (nerv impulsini) periferik aʼzolardan markaziy nerv sistemasiga va aksincha, markaziy nerv sistemasidan aʼzolarga yoki bir aʼzodan ikkinchisiga (akson-refleks) oʻtkazib beradi. Aksonning boshlangʻich qismi ingichka, oxiri yoʻgʻon va maxsus poʻst bilan uralgan buladi. Akson tutashgan joylarda ranvye boʻginlati mavjud.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5f/Simple_neuron_scheme.svg/640px-Simple_neuron_scheme.svg.png)