avstraliyalik matematik From Wikipedia, the free encyclopedia
Akshay Venkatesh (1981-yil 21-nayabrda tugʻilgan) — hindistonlik va avstraliyalik matematik. Venkatesh sanash, avtomorfik formalar hamda sonlar nazariyasini oʻrganib keladi. 2018-yil Fields medali bilan taqdirlangan.
Akshay Venkatesh | |
---|---|
Tavalludi |
21-noyabr 1981-yil Dehli, Hindiston |
Fuqaroligi | Avstraliya |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Perspektiv tadqiqotlar instituti Stanford universiteti Courant matematika fanlari instituti |
Akademik rahbarlari | Peter Sarnak |
Mukofotlari |
Salem mukofoti (2007) SASTRA Ramanujan mukofoti (2008) Infosys mukofoti (2016) Ostrovskiy mukofoti (2017) Fields medali (2018) |
Venkatesh ham Xalqaro fizika olimpiadasida, ham Xalqaro matematika olimpiadasida medallarni qoʻlga kiritgan yagona avstraliyalikdir. U Fields medalini qoʻlga kiritgan ikkinchi avstraliyalik va kelib chiqishi hindistonlik boʻlgan ikkinchi olimdir.
Venkatesh Dehlida tugʻilgan. Ikki yoshida oilasi Avstraliyaga koʻchib borgan. 16 yoshida Gʻarbiy Avstraliya universitetini aʼlo baholar bilan tamomlagan. 2002-yil Peter Sarnak rahbarligida Princeton universitetidan PhD darajasini olgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.