Ajariya
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ajariya, Ajariya Muxtor Respublikasi — Gruziya Respublikasi tarkibida 1921-yil 16-iyulda tashkil topgan. Zakavkazening janubi-gʻarbida, Qora dengiz sohilida joylashgan. Maydoni 3 ming km², aholisi — 333 953 kishiga yaqin (2014). Ajariyada 5 tuman, 2 shahar, 7 shaharcha bor. Poytaxti — Batumi sh.