![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/6b/Brann_-_Bar%25C3%25A7a_Femen%25C3%25AD_CG3A5805_%2528cropped%2529.jpg/640px-Brann_-_Bar%25C3%25A7a_Femen%25C3%25AD_CG3A5805_%2528cropped%2529.jpg&w=640&q=50)
Aitana Bonmatí
ispaniyalik yarim himoyachi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Aitana Bonmatí Conca (katalancha talaffuzi: [əjˈtanə βɔmməˈti][2][3]; talaffuzi: Aytana Bonmati Konka) – 1998-yil 18-yanvarda tugʻilgan Ispaniya hamda kataloniyalik professional futbolchi. U Ispaniyaning Liga F ayollar ligasidagi Barcelona ayollar klubi safida[4] va Ispaniya terma jamoasi tarkibida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Bonmatí, shuningdek, Kataloniya sharafini himoya qilib kelmoqda. U ayollar futbolidagi eng yaxshi oʻyinchilardan biri hisoblanadi hamda 2022–2023-yilgi mavsum uchun „Oltin toʻp“ va FIFAning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofotini qoʻlga kiritgan[5][6].
![]() Bonmatí Barcelona safida (2024) | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Aitana Bonmatí Conca | ||
Tavallud sanasi | 18-yanvar 1998-yil (1998-01-18) (26 yosh) | ||
Tavallud joyi | Vilanova i la Geltrú, Kataloniya, Ispaniya | ||
Boʻyi | 1.61 m[1] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Barcelona | ||
Raqami | 14 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2005–2009 | Ribes | ||
2010–2012 | Cubelles | ||
2012–2014 | Barcelona | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2014–2016 | Barcelona B | ||
2016– | Barcelona | 178 | (60) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2013–2015 | Ispaniya U17 | 13 | (3) |
2015–2017 | Ispaniya U19 | 15 | (6) |
2016–2018 | Ispaniya U20 | 9 | (2) |
2017– | Ispaniya | 63 | (23) |
2017–2019 | Kataloniya | 2 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (14-may uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (28-fevral uchun) |
Bonmatí 2012-yildan beri „Barcelona“ safida toʻp suradi va olti yil davomida La Masiada oʻz ustida ishlab, iqtidorini rivojlantirdi. U 2016–2017-yilgi mavsum olgandan „Barcelona“ning asosiy jamoasiga chaqiruv olgan va 2018–2019 yilgi mavsumdagi tanaffusga qadar klubda zaxiradan maydonga tushib oʻtkazgan. 2019-yilda u „Barcelona“ tarixidagi birinchi UEFA Ayollar Chempionlar ligasi finalini asosiy tarkibda boshlagan va yil oxirida birinchi marta Kataloniyaning yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
2020–2021-yilgi mavsum davomida Bonmatí „Barcelona“ning qitʼa boʻyicha treblni qoʻlga kiritishida muhim rol oʻynadi. U 2021-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar ligasi finalida oʻz faoliyatidagi eng sermahsul oʻyinlaridan birini oʻtkazdi va „Barcelona“ning uchinchi golini urdi hamda finalning eng yaxshi oʻyinchisi nomiga sazovor boʻldi. 2022–2023-yilgi mavsumda Bonmatí barcha musobaqalarda 19 marta raqiblar darvozasini ishgʻol qilib, jamoasini yana bir marta mamlakat chempionligi va Chempionlar ligasi shohsupasiga olib chiqdi. Bu har qanday futbolchining eng yorqin mavsumi hisoblanadi.
Bonmatí Ispaniyaning 17 yoshgacha, 19 yoshgacha va 20 yoshgacha boʻlgan ayollar jamoalarida qator gʻalabalarga erishdi. U 2015-yilda 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoa bilan va 2017-yilda 19 yoshgacha boʻlganlar bilan UEFAning yoshlar oʻrtasidagi ayollar chempionatida gʻolib chiqdi. Bundan tashqari, 2014-yilda 17 yoshgacha va 2018-yilda 20 yoshgacha boʻlgan FIFAning ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi. Bonmatí 2017-yilda Ispaniya terma jamoasi safida 2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati va 2022-yilgi ayollar oʻrtasidagi Yevro musobaqalarida ishtirok etgan. Keyinchalik Bonmatí 2023-yilgi Jahon chempionatida oʻzini koʻrsatdi va ushbu musobaqada Ispaniya chempionlikni qoʻlga kiritdi. U turnirning eng yaxshi oʻyinchisi sifatida "Oltin toʻp"ni qoʻlga kiritgani bilan bir qatorda, 2024-yilgi UEFA Ayollar Millatlar ligasi finalida Ispaniya gʻalaba qozonganidan soʻng final hamda turnirning eng yaxshi oʻyinchisi mukofotlarini sohibi boʻldi. 2024-yilda Bonmatí yilning eng yaxshi ayol sportchisi uchun beriladigan Laureus World Sport mukofotini qoʻlga kiritdi va ushbu ushbu sovrinni qoʻlga kiritgan ilk futbolchiga aylandi.