From Wikipedia, the free encyclopedia
"Air Algérie"[1] (arabcha: الخطوط الجوية الجزائرية, fransuzcha: Air Algérie SpA) — Jazoirning milliy tashuvchisi. Jazoirda joylashgan. Air Algerie Yevropa, Shimoliy Amerika, Afrika va Yaqin Sharqdagi 28 mamlakatning 39 shaharlariga muntazam reyslarni amalga oshiradi. 32 ta aeroportga ichki reyslar amalga oshiriladi.
| |||||||
Tashkil topgan | 1947 | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Baza aeroporti | Huari Bumediyen nomidagi Jazoir aeroporti | ||||||
Havo tuguni | Ahmad bin Bella aeroporti | ||||||
Tez uchish dasturlari | Air Algérie Plus | ||||||
Shoʻba korxonalari |
Air Algérie Cargo Air Algérie Catering Air Algérie Technics Air Algérie Handling Tour Operator | ||||||
Park hududi | 56 | ||||||
Parvoz yoʻnalishlari | 75 | ||||||
Muhim shaxslar | Bakhouche Alleche | ||||||
Operativ foyda | 102 mlrd Jazoir dinori (DA) | ||||||
Xodimlar soni | 9,078 (2010) | ||||||
Sayti | airalgerie.dz/en/ |
Air Algerie hozirda SkyTeam alyansiga qoʻshilish jarayonida. SkyTeam aviakompaniyasi bilan Codeshare, Loyalty Program va Terminal Shared Lounge shartnomalari alyansga qoʻshilishdan oldin muvofiqlashtirilishi kerak[2].
Air Algerie qogʻoz chiptalardan foydalanmasdan elektron chiptalardan foydalangan Afrikadagi birinchi aviatashuvchi boʻldi.
Air Algerie 1947-yilda Société Algérienne de Construction Aéronautique-Air Algérie nomi bilan tashkil etilgan. 1953-yil 23-mayda u Compagnie Air Transport bilan birlashib, Compagnie Générale de Transports Aériene-Air Algérieni tashkil etdi. 1962-yilda mamlakat Fransiyadan mustaqillikka erishgach, kompaniya „Air Algerie“ (Entreprise Nationale d’exploitation des Services Aériens) nomi bilan mashhur boʻldi. 1963-yilda Jazoir hukumati aksiyalarning 51 foizini sotib oldi, 1970-yilda 83 foizga va 1974-yilda milliylashtirish orqali 100 foizga oshirdi, qolgan 17 foizini Air Francedan sotib oldi. 2007-yil mart holatiga koʻra aviakompaniyaning 9775 nafar xodimi bor edi[3]. Air Algerie Arab havo tashuvchilar tashkilotining aʼzosi.
Air Algeri — aksiyadorlik jamiyati. Barcha aksiyalar toʻliq Jazoir hukumatiga tegishli.
Air Algeri kompaniyasining asosiy faoliyati:
Air Algeri quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:
Aviakompaniyaning asosiy bazasi Jazoirdagi Huari Bumediyen aeroportida joylashgan.
2021-yil iyul oyida Air Algérie floti oʻrtacha yoshi 13,4 yil boʻlgan 55 ta samolyotdan iborat edi:[4]
Turi | Jami | Buyurtma qilingan | Yoʻlovchilar sigʻimi | Marshrutlar |
ATR 72-500 | 12 | — | 66 70 |
Mahalliy reyslar |
Airbus A330-200 | 8 | — | 232 251 |
Uzoq masofali reyslar. |
Boeing 737-600 | 5 | — | 101 | Mahalliy va mintaqaviy yoʻnalishlar. |
Boieng 737-700 | 2 | — | 112 | Ichki reyslar va oʻrta masofali reyslar. |
Boeing 737-800 | 25 | — | 162 | Ichki reyslar va oʻrta masofali reyslar. |
Jami: | 55 | 0 |
Turi | Foydalanilgan yillar |
Airbus A300 | 1980—1991 |
Airbus A310-200 | 1985—2003 |
Airbus A320-200 | 1999—2005 |
Boeing 727-200 | 1969—2002 |
Boeing 737-200 | 1971—2004 |
Boeing 737-400 | 1999—2005 |
Boeing 747-100 | 1977—1985 |
Boeing 747-200 | 1977—1997 |
Boeing 747-300 | 1995—2004 |
Boeing 757-200 | 2002—2005 |
Boeing 767-200 | 2000—2005 |
McDonnell Douglas DC-10 | 1977—1985 |
Lockheed L-1011 | 1982—1990 |
C-130 Hercules | 1962—2004 |
Sud Aviation Caravelle | 1962—1984 |
Fokker F27 Mk400M | 1982—2002 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.