![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/1b/Blue_Mosque_%2528The_Sultan_Ahmed_Mosque%2529_%25288396648956%2529_cropped.jpg/640px-Blue_Mosque_%2528The_Sultan_Ahmed_Mosque%2529_%25288396648956%2529_cropped.jpg&w=640&q=50)
Ahmadiya masjidi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ahmadiya masjidi — Istanbulda qurilgan mahobatli meʼmoriy obidalarning eng kattasi (1609- 14). Me’mor Mehmed Ogʻa (1540- 1620) qurgan. Ahmadiya masjidi katta qubbali oldi tomoni baland mi-norali bino. Minoralar atrofida esa kichik peshayvonlar bor. Masjid ichidagi devorlar, yashil, oq va havo rangdagi koshinlar bilan bezalgan boʻlib, gila-mii eslatadi. Derazalardan tushgan nur rangdor bezaklarda jilolanib, kishi diliga orom bagʻishlaydi. Minoraning qubbalari koʻkka tutashib ketganday tuyu-ladi. Ahmadiya masjidi turk meʼmorchiligi tarixida alohida oʻrin egallaydi.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/1b/Blue_Mosque_%28The_Sultan_Ahmed_Mosque%29_%288396648956%29_cropped.jpg/640px-Blue_Mosque_%28The_Sultan_Ahmed_Mosque%29_%288396648956%29_cropped.jpg)