From Wikipedia, the free encyclopedia
Afrotropika — Sahroi Kabir choʻlining janubida joylashgan Afrika qismlarini oʻz ichiga olgan biogeografik mintaqa. Ilgari u Efiopiya ekologik hududi deb atalgan.
Madagaskar va unga tutash orollar lemur maymunlari singari koʻplab endemik hayvonlar turlari mavjud boʻlgan aniq farqlanuvchi kichik mintaqani tashkil qiladi. Buning sababi, Madagaskar va Seyshel orollari Afrikadan bir necha oʻn million yillar oldin ajralib chiqqanligi va evolyusiya jarayonlari ularda oʻz yoʻlida kechgan. Hind okeanidagi boshqa orollar, masalan, Komor orollari yoki Maskaren orollari vulqon kelib chiqishi orollari boʻlib, ular ancha yoshroqdir.
Afrotropiklarning yana bir alohida submintaqasi - qit’aning janubidagi Cape mintaqasi, Oʻrtayer dengiziga oʻxshash iqlimi bilan ajralib turadi. Bu yerda koʻpgina endemik turlar ham mavjud.
Mintaqada sutemizuvchilar hayvonot dunyosi boy va xilma-xildir.
Endemiklar — trubatishlar (1 turi) va damanlar (7 turi) turkumlari. Hasharotxoʻrlar orasida qunduzlar, yerqazuvchi sichqonlar, koʻrsichqonlar va yarimmaymunlar — lemurlar, pirimatlar, qoʻshoyoqlar endemik hisoblanadi.
Kemiruvchilar — qamish va qoya kalamushlar, qazuvchilar, boshoq dumli olmaxonlar sanaladi. Jufttuyoqlilar orasida endemik begemotlar, jirafalar, mitti va qilichshoxli antilopalardir.
Xarakterli turkumlarga kaltakesaklar (pangolinlar), xartumlilar (Afrika fillari), yarimmaymunlar lori (galago va potto), maymunlar kiradi. Ushbu turlar Efiopiya mintaqasi bilan Hind-Malayani bogʻlab turadi, ular u yerda ham uchraydi.
Qushlar dunyosi xilma-xil, endemizmi yuqori boʻladi. Tuyaqushsimonlarga 1 ta tur, Afrika tuyaqushi kiradi. Sichqon-qushlar, kitboshdar, bolgʻaboshlar, kotib-qushlar, choʻl kakliklari, tuvaloqlar, turako (bananxoʻrlar), oʻrmon qushlari keng tarqalgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.