1948-yilda chop etilgan Alisher Navoiy hikmatli soʻzlari toʻplami. From Wikipedia, the free encyclopedia
„Aforizmlar (Navoiy) (1948)“ — Alisher Navoiy asarlaridan olingan hikmatli soʻzlar toʻplami. Toʻplamni Hodi Zarif nashrga tayyorlagan. Shuningdek, Hodi Zarif asar kirish soʻzini ham yozgan. Kitob 1941-yil Toshkent shahrida „Oʻzbekiston Davlat nashriyoti“da chop etilgan.
Muallif(lar) | Alisher Navoiy |
---|---|
Janr(lar)i | hikmatli soʻzlar |
Nashriyot | „Oʻzbekiston Davlat nashriyoti“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1948 |
Sahifalar soni | 32 |
Toʻplamga kiritilgan hikmatli soʻzlar Navoiyning „Hamsa“, „Mahbub ul-qulub“, „Munshaot“ va boshqa asarlaridan terib olingan. Hikmatli soʻzlardagi tushinish qiyin boʻlgan, talaffuzi hozirgi kunda boshqacha talaffuz qilinadigan soʻzlar zamonaviylashtirilmay oʻz holicha berilgan. Ushbu soʻzlar raqamlanib, kitob oxirida ularning izohi keltirilgan. Bu ishda 1941-yilda chiqarilgan „Aforizmlar (Navoiy) (1941)“ kitobidan qisman foydalanilgan.
Toʻplamni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Izzat Sultonov – masʼul muharrir, S. Gubaydullin - texnik muharrir, Iskandar Ikromov – rassom,. Kitob adadi – 10 000 nusxa.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.