From Wikipedia, the free encyclopedia
Abdurahim Poʻlat nomi bilan mashhur Abdurahim Qayumovich Poʻlatov — oʻzbek davlat arbobi, kibernetik va fizik olim, dissident va muxolifatchi. Muxolifatdagi „Birlik“ partiyasi asoschilaridan biri va uning hozirgi rahbari sifatida tanilgan.
Abdurahim Poʻlat | |
---|---|
Oʻzbekiston Oliy Kengashining 12-chaqiriq xalq deputati- | |
Mansab davri 1990-yil fevral – 1992-yil may | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Abdurahim Qayumovich Poʻlatov 1947-yil 7-noyabr Тoshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Vafoti |
15-aprel 2024-yil (76 yoshda) AQSh |
Siyosiy partiyasi | KPSS (1989—1990-yillar), „Birlik“ – Oʻzbekistonda oʻng qanot muxolifat, rasman roʻyxatdan oʻtmagan siyosiy partiya (1990-yilda) |
Turmush oʻrtogʻi | Bor |
Bolalari | Bor |
Taʼlim | Moskva energetika instituti |
Kasbi | kibernetik, fizik |
Faoliyati | Siyosiy, ilmiy va jamoat arbobi, muxolifatchi, dissident |
Ilmiy unvoni | Kibernetika |
Abdurahim Poʻlatov 1945-yilda Oʻzbekistonning Toshkent viloyatida tugʻilgan. 1962-yilda oʻrta maktabda tahsil olgan. Oʻqishni tamomlagandan soʻng Abdurahim Moskva energetika institutiga oʻqishga qabul qilingan va uni 1968-yilda tugatgan. Shundan soʻng Poʻlatov SSSR Fanlar akademiyasi Hisoblash markazining aspiranturasiga oʻqishga qabul qilingan va 1973-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1].
1973-1991 yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kibernetika institutida kichik ilmiy xodimlikdan laboratoriya mudirigacha boʻlgan davrda ishlagan. 1980-yilda KPSS aʼzoligiga qabul qilindi. 1984-yilda robototexnika va sunʼiy intellektni yaratish muammolari boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi[1].
Saylov kampaniyalari boshlanganidan soʻng Poʻlatov ham saylovoldi tashviqotini boshlagan. Jumladan, 1988-yilning bahoridan qurib borayotgan Orol dengizini qutqarish qoʻmitasida ekspert sifatida qatnashgan va 1988-yil noyabr oyida „Birlik“ siyosiy harakatini tuzish tashabbuskor guruhiga qoʻshilgan. 1989-yil 28-mayda harakatning taʼsis konferensiyasi boʻlib oʻtgan va unda Abdurahim Poʻlatov „Birlik“ xalq harakatining raisi etib saylangan. Shundan soʻng u KPSSni tark etgan. 1990-yilning may oyida Poʻlatov harakatning hamraislaridan biriga aylangan. Uning tashabbusi bilan 1990-yil iyun oyida „Birlik“ partiyasi tuzilgan va partiya raisi etib yana Abdurahim Poʻlatovning oʻzi tayinlangan[1].
Oʻzbekiston Oliy Kengashining soʻnggi chaqiriqida „Birlik“ partiyasidan xalq deputatligiga nomzod qabul qilingan. Shuningdek, 1992-yil may oyida Abdurahim Poʻlatov „Birlik“ raisligiga qayta saylangan. Oʻsha paytga kelib hukumat tomonidan unga nisbatan bosim kuchayib borgan. Rasmiylar Poʻlatovni partiya yetakchiligidan olib tashlashga urinishgan, bordiyu u ishdan ketsa, harakatga nisbatan bosim va repressiyalar toʻxtashiga shama qilingan. 1992-yil iyun oyining oxirida Abdurahim Poʻlatov va „Birlik“ faollaridan biriga suiqasd uyushtirilgan. Natijada Poʻlatov jonlantirish boʻlimi (reanimatsiya)ga yotqizilgan. Shundan soʻng u qoʻriqchilar bilan yura boshlagan. 1992-yilning oxirlarida Poʻlatov Oʻzbekistonni tark etishga majbur boʻlgan. Dastlab u Abulfaz Elchibey hokimiyat tepasida boʻlgan Ozarbayjonga, soʻngra u yerdan Turkiyaning, Istanbul shahriga koʻchib oʻtib, olti yil yashagan. Abdurahim Qayumovich Poʻlatov 1996-yilda Shuhrat Mirsaidov va Muhammad Solih bilan birgalikda oʻzbek muxolifatining muvofiqlashtiruvchi kengashini tuzish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzolagan. Keyinchalik oʻzbek muxolifati oʻrtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar tufayli bu reja amalga oshirilmay qolib ketgan. Oʻzbekiston tomonidan Turkiyaga bosimlar davom etayotgani sababli 1998-yilda Abdurahim Poʻlatov AQShga joʻnab ketgan va u yerdan siyosiy boshpana olgan. Oʻshandan beri Poʻlatov AQShda istiqomat qiladi. Poʻlatov oilali. Uning ikki nafar farzandi bor. Abdurahim Qayumovich Islom Karimovning, shuningdek, Oʻzbekistonda mavjud hukumat va hokimiyatning ashaddiy tanqidchilaridan biri hisoblanadi[1][2].
2024-yil 15-aprel kuni Abdurahim Poʻlatov vafot etdi. U 1998-yildan buyon Qoʻshma Shtatlarda muhojir oʻlaroq yashab kelayotgan edi[3].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.