From Wikipedia, the free encyclopedia
Abdulla Qurbonov (2-sentyabr 1976-yil) — oʻzbek xonandasi va kinoaktyori.
Abdulla Qurbonov | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Abdulla Akbarovich Qurbonov 2-sentyabr 1976-yil |
Fuqaroligi |
Oʻzbekiston |
Kasbi | Xonanda, aktyor |
Janr | Pop musiqa |
Faoliyat yillari | 1991-yildan hozirgacha |
Abdulla Akbarovich Qurbonov 1976-yil 2-sentyabrda Toshkent viloyatida tavallud topgan[1]. Otasi Akbar Qurbonov novvoy boʻlgan. Uning 10 nafar (9 oʻgʻil va 1 qiz) farzandi boʻlgan.
Abdulla Qurbonovning ilk chiqishlaridan biri 1987-yilda akasi Doniyor Qurbonovning to‘yida boʻlib oʻtadi. Toʻylardagi chiqishlarining birida u Muhriddin Xoliqovga shogirtlikka tushadi.
Abdulla Qurbonov 1990–1991-yillarda oʻzbek xonandasi Botir Zokirov ijodiga bagʻishlangan vokal tanlovida “Arab tangosi” qoʻshigʻini ijro etib Farruh Zokirov eʼtiboriga tushadi va Moskvada Yalla guruhining konsertida ishtirok etadi[2].
2013-yil 16-fevralda qoʻshiqchining ichki ishlar boshqarmasida bezorilik qilayotgani haqidagi video YouTubeda paydo boʻldi[3][4]. Qurbonovning soʻzlariga koʻra u Boʻstonliqdagi toʻydan keyin kafega borib, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan vajanjalda qatnashgan hamda 10 kunga qamatilgan[5].
2013-yil 26-fevralida Oʻzbeknavo estrada birlashmasi Abdulla Qurbonovga berilgan litsenziya bitimda nazarda tutilgan shart va talablarni muntazam buzgani uchun bekor qilinishi haqida rasmiy bildirish tarqatdi.[6][7][8]
Yil | Film | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
2010 | Sogʻinch | Tergovchi | |
2013 | Yor-yor qani? | Oʻzi | |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.