AQShdagi filippinliklar
From Wikipedia, the free encyclopedia
AQShdagi filippinliklar Filippin amerikaliklar (koʻpincha „Fil-Ams“ koʻrinishida qisqartiriladi) ― kelib chiqishi Filippindan boʻlganamerikaliklar. Ular amerikaliklarning osiyoliklarga mansub ikkinchi yirik guruhidir. Shu bilan birga, bu dunyodagi eng katta Filippin diasporasi ham hisoblanadi.
AQSh aholini roʻyxatga olish byurosining 2007-yilgi maʼlumotlariga koʻra, AQShda yashovchi filippinliklar soni 3,1 million kishini tashkil qiladi, ularning 80 foizi Amerika fuqarolaridir. 2007-yilda AQSh Davlat departamenti Filippin diasporasi vakillari soni 4 millionga teng ekanligini maʼlum qilgan, bu mamlakat aholisining 1,5 foizini tashkil qiladi.