1988-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari
From Wikipedia, the free encyclopedia
XXIV yozgi Olimpiya oʻyinlari (rasmiy ravishda XXIV Olimpiada oʻyinlari) 1988-yil 17-sentabrdan 2-oktabrgacha Koreyaning Seul shahrida boʻlib oʻtdi. Koreya Respublikasi Yaponiyadan keyin Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilgan ikkinchi Osiyo davlati hisoblanadi. Bu oʻyinlar SSSR va GDR terma jamoalarining tarixidagi eng soʻnggi oʻyinlar edi. Seuldagi yozgi Olimpiya oʻyinlari tugagandan soʻng, 1988-yil 15-24-oktabr kunlari Yozgi Paralimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
Olimpiadaning rasmiy maskotiga esa Milliy sangmo shlyapasini kiygan Amur yoʻlbarsi bolasi — Xodori aylandi[1].