Ōguchi
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ōguchi (yaponcha: 大口町 Ōguchi-chō ) Yaponiyadagi Aichi prefekturasining Niva tumanida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, shahardagi 9547 ta xonadonda 24160 nafar aholi istiqomat qiladi, aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 1775 nafarni tashkil etadi[1]. Shaharning umumiy maydoni 13,61 kvadrat kilometr (5,25 mi²) ga teng.
Ōguchi 大口町 | |
---|---|
Shaharcha | |
35°19′57.0″N 136°54′28.1″E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Viloyat |
[[Chūbu viloyati Tōkai viloyati]] |
Prefektura | Aichi |
Yaponiya tumanlari|tuman | Niva |
Hukumat | |
• Mayor | Masahiro Suzuki |
Maydon | 13.61 km2 (5.25 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil 1-oktyabr) |
24 160 kishi |
Zichligi | 1800 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0587-95-1111 |
|
Ōguchi Aichi prefekturasining eng shimoli-sharqiy qismida, Nobi tekisligining oʻrtasida joylashgan. Shahardan Gojo daryosi oqib oʻtadi.
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Ōguchi aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida barqaror ravishda koʻpaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 7,206 | — |
1950 | 8,695 | +20.7% |
1960 | 10,163 | +16.9% |
1970 | 14,898 | +46.6% |
1980 | 16,195 | +8.7% |
1990 | 17,464 | +7.8% |
2000 | 20,633 | +18.1% |
2010 | 22,447 | +8.8% |
Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish (Köppen iqlim tasnifi Cfa) bilan ajralib turadigan iqlimga ega. Ōguchida oʻrtacha yillik harorat 15,6 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1819 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 28,0 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 4,1 °C atrofida boʻladi[3].
Kashivamori, Ōta, Ōguchi va Tominari qishloqlari 1889-yilda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan Niva tumanida tashkil etilgan. 1906-yil 1-oktyabrda Ōta, Ōguchi va Tominari shuningdek Kashivamorining bir qismi Ōguchi qishlogʻini tashkil etish uchun birlashtirildi. 1962-yilda u shaharcha maqomiga koʻtarildi.
Okuma korporatsiyasi va Yamazaki Mazak korporatsiyasi, ikkita global mashinasozlik kompaniyasining shtab-kvartirasi shaharda joylashgan, shuningdek, global avtomobil komponentlarini yetkazib beruvchi Tokai Rika korxonasi ham shu yerda faoliyat yuritadi[4][5][6].
Ōguchida uchta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi hamda, Aichi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi.
Ōguchi aholisiga yoʻlovchi temir yoʻl transporti xizmat koʻrsatmaydi. Eng yaqin poezd stansiyasi — qoʻshni Fusō shahridagi Meitetsu Inuyama liniyasidagi Kashivamori stansiyasi hisoblanadi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.