$456,000 Squid Game in Real Life!
From Wikipedia, the free encyclopedia
"$456,000 Squid Game in Real Life!" — YouTubeda MrBeast nomi bilan tanilgan amerikalik blogger Jimmy Donaldson tomonidan ishlangan video. 2021-yil 24-noyabrda YouTube platformasiga joylangan ushbu video 2021-yilda Netflix tomonidan premyera qilingan Squid Game filmidan ilhomlangan.
"$456,000 Squid Game in Real Life!" | |
---|---|
![]() YouTubedagi "$456,000 „Squid Game“' in Real Life!" videosiga ishlangan poster. Donaldson chap tomonda tasvirlangan. | |
Prodyuser(lar) | Jimmy Donaldson |
Qaysi asarga asoslangan |
Squid Game |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 25 daqiqa |
Mamlakat |
![]() |
Til | Ingliz tili |
Byudjeti | $3.5 million |
Donaldson video ustida ishlashni 2021-yil oktyabr oyida boshlagan. Brawl Stars mobil oʻyinini reklama qilish evaziga Finlandiya video oʻyinlar ishlab chiqaruvchisi Supercell tomonidan moliyalashtirilgan videoni suratga olishga 3.5 million dollar mablagʻ sarflandi, shundan 2 million dollar videoni suratga olish xarajatlariga, 1,5 million dollari esa video qatnashchilariga mukofot puli sifatida berildi. Filmdagi kabi, 456 nafar ishtirokchi faqat bitta ishtirokchi qolmaguniga qadar bir qator oʻyinlarda raqobatlashgan.
Video 2021-yil 24-noyabrda YouTubega yuklangandan soʻng, oz muddat ichida 100 milliondan ortiq koʻrildi va MrBeastning, qisqa videolarini hisobga olmaganda, eng koʻp koʻrilgan videosiga aylandi. 2024-yil iyun holatiga koʻra, u 615 milliondan ortiq koʻrishlar soniga erishgan. Baʼzi nashrlar Donaldsonni filmni ajoyib tarzda qayta ishlagani uchun maqtashgan boʻlsa, baʼzi tanqidchilar filmdagi antikapitalistik mavzularini notoʻgʻri tatbiq etganlikda ayblashdi.