Tibbiy sug`urta
From Wikipedia, the free encyclopedia
Sogʻliqni saqlash sugʻurtasi yoki tibbiy sugʻurta (Janubiy Afrikada tibbiy yordam sifatida ham tanilgan) tibbiy xarajatlarga duchor boʻlgan shaxsning xavfini toʻliq yoki bir qismini qoplaydigan sugʻurta turidir. Sugʻurtalovchi sogʻliq uchun xavfning umumiy xavfini va sogʻliqni saqlash tizimi xarajatlarini xavf-xatar pulidan baholash orqali sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan sogʻliqni saqlash toʻlovlarini toʻlash uchun pulni taqdim etish uchun oylik mukofot yoki ish haqi soligʻi kabi muntazam moliyaviy tuzilmani ishlab chiqishi mumkin.[1] Imtiyozlar markaziy tashkilot, masalan, davlat organi, xususiy biznes yoki notijorat tashkilot tomonidan boshqariladi.
Amerika sogʻliqni sugʻurtalash assotsiatsiyasining maʼlumotlariga koʻra, tibbiy sugʻurta „kasallik yoki jarohatlar natijasida nafaqalarni toʻlashni taʼminlaydigan qoplama“ deb taʼriflanadi. U baxtsiz hodisa, tibbiy xarajatlar, nogironlik yoki tasodifiy oʻlim natijasida yetkazilgan zararlarni sugʻurtalashni oʻz ichiga oladi."[2] :225
Tibbiy sug’urta - bu umumiy fondga muntazam ravishda birgalikda mablag’lar kiritish orqali sug’urta holati, shifokor bilan konsul tatsiya sabab yuzaga keluvchi yoki boshqa tibbiy harajatlarning bir qismini qoplaydigan inson salomatligi sug’urtasining turidir.
Tibbiy sug’urta nima va u qanday bo’ladi?
Tibbiy sug’urta yoki sog’liq sug’urtasi - tibbiy va jarrohlik xizmatlarining narxini qoplaydigan sug’urta turidir. U tibbiy yordam ko’rsatishni kafolatlaydi, shuningdek, sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan hodisalar sodir bo’lgan taqdirda uning to’lanishini kafolatlaydi: odatda, bular sirasiga shoshilinch stomatologik va jarrohlik xizmatlari, shuningdek, shifokor konsul tatsiyalari kiradi.
Tibbiy sug’urta majburiy (OMS) va ixtiyoriy (DMS) bo’ladi.
Majburiy tibbiy sug’urta - bu sug’urta hodisasi yuz bergan taqdirda shaxsning bepul tibbiy yordam olishi uchun davlat tomonidan yaratilgan chora-tadbirlar tizimidir. Majburiy tibbiy sug’urta holatida sug’urtalovchining mablag’lari mavjudligidan qat'i nazar, sug’urtalangan shaxsning huquqlariga rioya etilishini davlat kafolatlaydi. Xarajatlarni qoplash uchun mablag’lar majburiy tibbiy sug’urta badallaridan olinadi, bu maqsadda davlat byudjeti mablag’lari sarflanmaydi.
Ixtiyoriy tibbiy sug’urta - bu shaxsiy sug’urta bo’lib, unda har bir shaxs qaysi kompaniyada sug’urtani rasmiylashtirishni va shartnomada qaysi xizmatlar ro’yxatini ko’rsatib o’tishni o’zi hal qiladi. Aksariyat mamlakatlarda sug’urta kompaniyalari cheklangan miqdordagi xizmatlarni o’z ichiga olgan standart polisni yoki individual polisni taklif qilishlari mumkin - u mijozning xohish-istaklari va sog’lig’i ko’rsatkichlarini hisobga olgan holda tuziladi. Sug’urta polisida ko’rsatilgan tibbiy xizmatlarning xarajatlari mijozning to’lovlari hisobidan qoplanadi. Aksariyat hollarda aholining kam ta'minlangan qatlamlari uchun ixtiyoriy tibbiy sug’urta imkoni mavjud emas va o’z fuqarolarining sog’lig’i haqida qayg’uradigan rivojlangan mamlakatlar sog’liqni saqlash tizimiga majburiy tibbiy sug’urtani joriy qiladi.