Scorpion(chayon) Mortal Combat
From Wikipedia, the free encyclopedia
Scorpion – Midway Games va NetherRealm Studios tomonidan yaratilgan Mortal Kombat jangovar oʻyin franshizasining xayoliy qahramoni. Oʻlmagan ninza, u asosan oʻzi, oilasi va qarindoshlarining oʻlimi uchun qasos olishga intilishi bilan tavsiflanadi. Uning asosiy quroli Kunai nayzasi boʻlib, u raqiblarini tutib olish uchun foydalanadi.
Scorpion(chayon) Mortal Combat | |
---|---|
Mortal Kombat obrazi | |
Ilk bora koʻringan | Mortal Kombat (1992) |
Muallif(lar) |
Ed Boon John Tobias |
Dizayner(lar) |
Turli xil
|
Jonlantirgan(lar) |
Turli xil
|
Ovoz bergan(lar) |
Turli xil
|
Umumiy maʼlumotlar | |
Toʻliq ismi |
Hanzo Hasashi (Mortal Kombat-Mortal Kombat 11) Kuai Liang (Mortal Kombat 1) |
Aslahalari | Kunai |
Oilasi |
Harumi Hasashi (xotini, vafot etgan) (Mortal Kombat-Mortal Kombat11) Satoshi Hasashi (oʻgʻli, vafot etgan) (Mortal Kombat-Mortal Kombat 11) Bi-Han (ukasi) (Mortal Kombat 1) Tomas Vrbada (oʻgay ukasi) (Mortal Kombat 1) |
Kelib chiqishi |
Japan (Mortal Kombat-Mortal Kombat 11) China (Mortal Kombat 1) |
Millati |
Yapon (Mortal Kombat-Mortal Kombat 11) Xitoylik (Mortal Kombat 1) |
1992-yilgi ilk oʻyinda debyut qilgan Scorpion Mortal Kombat 3 (1995-yil) dan tashqari har bir oʻyinda asosiy personajlardan qatorida chiqdi. Mortal Kombat seriyasining aksariyat qismi uchun qahramonning tarixi uni raqib Lin Kuei qabilasi Bi-Han tomonidan oʻldirilgan xayoliy Shirai Ryu qabilasidan boʻlgan jangchi Hanzo Hasashi (yaponcha: 波佐志 半蔵) sifatida koʻrsatadi. Keyingi oʻyinlarda esa uning oilasi va qarindoshlar sehrgar Quan Chi tomonidan oʻldirilgan va u Scorpionning qasos olish uchun asosiy maqsadiga aylanadi. Koʻpgina oʻyinlarda neytral personaj sifatida tasvirlangan Scorpion, odatda, shaxsiy missiyalarini bajarish uchun franshizaning asosiy toʻqnashuvlaridan voz kechadi, bu esa baʼzida uning maqsadiga yetishga yordam beradi. Franshizaning qayta ishlangan Mortal Kombat 1gacha, Scorpion franshizaning asosiy qahramoni Sub-Zero boʻlgan Lin Kuei jangchisi Kuai Liangning (xitoycha: 奎良) ham raqibi, ham ittifoqchisi hisoblanadi. Bu soʻnggi Mortal Kombat 1 oʻyinida oʻzgartiriladi, bunda Hanzo Hasashi Kuai Liang jangchisi boʻlsa-da, uning oʻrniga franshizaning oxirida Scorpioniga aylanadi.
Scorpion oʻzining debyutidan beri tanqidchilarning eʼtbioriga tushdi va tez-tez oʻyinlardan tashqari animatsion filmlarda ham paydo boʻla boshladi. U Mortal Kombatning eng mashhur jangchisi hisoblanadi va serial yaratuvchisi Ed Boon oʻzining sevimli qahramoni sifatida Scorpionni aytib oʻtgan.