Oʻpka saratoni
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻpka saratoni — oʻpka toʻqimalarida xavfli va xavfsiz hujayralar oʻsishi bilan tavsiflanadigan oʻpka kasalligi hisoblanadi[1]. Oʻpka saratoni bronx epiteliysining metaplaziyaga uchrab, yassi shaklga aylangan xujayralardan paydo boʻladi. Oʻsma koʻprok, oʻng oʻpka va uning yuqori boʻlaklarida uchratish mumkin. Bosh va segmentar bronxlardan chiqadigan xavfli oʻsmalar markaziy saraton, mayda segmentar bronxlar va bronxiolalardan chiqadigan oʻsma lar sirtqi periferik saraton deb ataladi. Oʻpka saratonining 60%ini markaziy, 40%i sirtqi shakllaridagi uchraydi. Vaqt oʻtishi bu xavfli hujayralar oʻzidan koʻpayishi kengayishi, gematogen yoʻl bilan qon orqali — yaqin atrofdagi toʻqimalarga yoki tananing boshqa, uzoqroq qismlariga metastaz berishi mumkin[2]. Birlamchi oʻpka saratoni deb nomlanuvchi oʻpka ichidan kelib chiqadigan saratonlarning aksariyati karsinomalar hisoblanadi. Ikki asosiy tur — kichik hujayrali o'pka karsinomasi (NSCLC) va katta hujayrali oʻpka karsinomalari (KHDAK) farqlanadi[3]. Eng koʻp uchraydigan saraton alomatlari bu — yoʻtal (qonli yoʻtal), ozib ketish, nafas qisilishi va koʻkrak qafasidagi ogʻriqlar hisobalanadi. Oʻpka saratoni holatlari kelib chiqishining katta qismi (85%) uzoq muddatli tamaki chekish bilan bogʻliq[4]. Saratonning 10-15% holatlari hech qachon chekmagan odamlarda uchragani kuzatilgan[5]. Bunday holatlar koʻpincha genetik omillar kombinatsiyasi yoki havo ifloslanishining shakllari taʼsirida yuzaga keladi[6][7][8]. Oʻpka saratoni koʻkrak qafasi rentgenogrammasida va kompyuter tomografiyasida (KT) aniqlanishi mumkin[9]. Tashxis odatda bronxoskopiya yoki KT xulosasi bilan amalga oshiriladigan biopsiyada tasdiqlanadi[10][11]. Kasallikni oldini olishning asosiy usuli xavf omillaridan biri hisoblanmish chekishdan voz kechish[12]. Saratonni davolash natijalari: saraton turiga, bosqichiga (tarqalish darajasi) va insonning umumiy holatiga bogʻliq[13]. Aksariyat hollarda kasallikni davolash imkonsiz[14]. Umumiy davolash usullariga jarrohlik yoʻli bilan davolash, kimyoterapiya va radioterapiyani kiradi[15]. 2020-yilda butun dunyo boʻylab oʻpka saratoni 2,2 million kishida aniqlangan boʻlsa ulardan 1,8 million kishi bu kasallik tufayli vafot etgan[16]. Bu erkaklar va ayollarda saraton bilan bogʻliq oʻlimning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi[17][18]. Oʻpka saratoni tashxisi qoʻyilganlarning oʻrtacha yoshi 71 yoshni tashkil qiladi[19]. Koʻpgina mamlakatlarda saraton tashxisi qoʻyilgandan keyin taxminan 10-20% odamlargina 5 yildan ortiq umr koʻrishgan[20]. Bu koʻrsatkich rivojlanayotgan mamlakatlarda yana yomonroq holatda[21].
O'pka saratoni | |
---|---|
Ko'krak qafasi rentgenogrammasi o'pkada o'sma aniqlangan | |
KXK-10 | C33-C34 |
KXK-9 | 162 |
DiseasesDB | |
MedlinePlus | 007194 |