MAN Truck & Bus
From Wikipedia, the free encyclopedia
MAN Truck & Bus SE (ilgari MAN Nutzfahrzeuge AG) — MAN SE korporatsiyasining eng yirik shoʻba korxonasi boʻlib, tijorat transport vositalarini yetkazib beruvchi yetakchi xalqaro korxonalardan biri hisoblanadi. Kompaniyaning bosh qarargohi Germaniyaning Myunxen shahrida joylashgan boʻlib, kompaniya umumiy oʻgʻirligi 3.0 tonnadan 5.5 tonnagacha boʻlgan furgonlar (VAN), umumiy ogʻirligi 7.49 t. dan 44 tonnagacha boʻlgan yuk mashinalari, umunmiy ogʻirligi 250 t. gacha boʻlgan poyezdlar, avtobus-shassilari, turistik avtobuslar, shaharlararo va shahar avtobuslari ishlab chiqaradi. Shu bilan birga „MAN Truck & Bus“ dizel va tabiiy gaz dvigatellarini ham ishlab chiqaradi. „MAN“ qisqartmasi dastlab „Maschinenfabrik Augsburg-Nürnberg AG“ deb atalgan, ilgarigi „MAN AG“.
Turi | Aksiyadorlik jamiyati |
---|---|
Tarmogʻi | Tijorat transport vositalari |
Egasi | MAN SE |
Qachon asos solingan | 1898 |
Joylashuvi | location |
Rahbariyat | Yoaxim Dres (Rahbar) |
Mahsulot(lar)i |
Yuk avtomobillari va avtobuslar Dizel va tabiy gas dvigatellari |
Aylanma daromadi | 10 900 000 000[1] |
Vebsayti | mantruckandbus.com |
„MAN“ kompaniyasining yuk mashinalari va avtobuslari hamda „Neoplan“ markasi ostidagi avtobuslar „MAN Truck & Bus Group“ga tegishli sanaladi.[2][3][4]
2011-yil 1-yanvarda MAN Nutzfahrzeuge (soʻzma-soʻz: tijorat transporti vositalari) kompaniyaning mahsulotlarini xalqaro bozorda yaxshiroq namoyish etish uchun „MAN Truck & Bus“ deb nomlandi.[5]