Dnestrboʻyi Moldova Respublikasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Dnestrboʻyi Moldova Respublikasi (mold.: Република Молдовеняскэ Нистрянэ, ukraincha: Придністровська Молдавська Республіка; yoki Dnestrboʻyi, mold.: Нистрянэ, ukraincha: Придністров'я) — Sharqiy Yevropadagi tan olinmagan davlat. Asosan Dnestrning chap qirgʻogʻida joylashgan boʻlib, oʻng qirgʻogʻidagi Bender shahrini ham oʻz ichiga oladi. Dengizga chiqishga imkoni yoʻq.
Dnestrbo‘yi Moldova Respublikasi | |
---|---|
Maqom | Tan olinmagan davlat |
Joylashuv | Sharqiy Yevropa |
Poytaxt | Tiraspol |
Eng katta shahar | Tiraspol, Benderiy, Ribnitsa |
Rasmiy til(lar) | Moldavancha, Ruscha va Ukraincha |
Yetakchilar | |
Vadim Krasnoselskiy | |
• Hukumat raisi |
Aleksandr Rozenberg |
• Oliy Kengash raisi |
Aleksandr Korshunov |
Tashkil topgan (Moldovadan) | |
• Moldova SSR dan mustaqilligi eʼlon qilindi |
1990-yil 2-sentyabr |
• Sovet Ittifoqi dan mustaqillik eʼlon qilindi |
1991-yil 25-avgust |
1992-yil 2-martdan — 1-iyulgacha | |
Maydon | |
• Butun |
4163 km2 (186-oʻrin) |
• Suv (%) |
2.35 |
Aholi | |
• 2020-yilgi roʻyxat |
465 200 |
• Zichlik | 134/km2 |
YIM (XQT) | 2013-yil roʻyxati |
• Butun |
1052,2 mln. dollar |
• Jon boshiga |
2074 kishi |
Pul birligi | Dnestrbo'yi Rubli |
Vaqt mintaqasi | UTC+2 |
UTC+3 | |
Telefon prefiksi |
+373 5xx xxxxx +373 21x xxxxx +373 77x xxxxx |
Moldova maʼmuriy-hududiy boʻlinishiga koʻra, hududning katta qismi DMR tomonidan nazorat qiladi, Moldova Respublikasi tarkibiga muxtor hududiy birlik sifatida koʻriladi; boshqa qismi Bender munisipalitetlari sifatida Moldova tarkibiga kiradi. DMR daʼvo qiladigan hududning bir qismi Moldova tomonidan nazorat qilinadi. Ukraina bilan chegaradosh.
2015-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Dnestrboʻyini aholi soni 475 665 kishini tashkil etdi va taxminan teng nisbatda moldovanlar, ukrainlar va ruslardan iborat edi. Millatlararo muloqot tili koʻpincha rus tilidir (birinchi yoki ikkinchi ona tili darajasida).
Davlat statistika xizmati maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda aholi soni 465,8 ming kishini tashkil etdi. Rasmiy tillari — moldavan, rus, ukrain. Aholining aksariyati pravoslavlikni qabul qilgan.
DMR unitar prezidentlik respublikasi. 2021-yilda Vadim Krasnoselskiy prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozondi. 2020-yilgi parlament saylovlari natijalariga koʻra, „Yangilanish“ partiyasi koʻpchilik oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.
1990-yil iyun oyida Moldova parlamenti Moldova SSR tashkil etilishini „noqonuniy“ deb tan olganidan soʻng, DMR 1990-yil 2-sentyabrda Moldovadan mustaqilligini eʼlon qildi.
Shunday qilib, Moldova 1940-yilda Bessarabiyaning bir qismini va Dnestrning chap qirgʻogʻidagi MASSR viloyatlarini birlashtirgan holda tuzilgan MSSR tarkibidan chiqdi. Bu „suverenitetlar paradi“ va SSSR parchalanishi fonida sodir boʻldi va 1992-yildagi qurolli mojarodan soʻng DMR Moldovadan butunlay ajralib chiqdi. Moldova DMRning ajratilishini tan olmadi va bu hududning maqomi masalasi hal etilmadi. Oʻshandan beri mojaroni hal qilish uchun sust muloqot davom etmoqda. Dnestrboʻyini atrofidagi vaziyat koʻpincha „muzlatilgan mojaro“ sifatida tavsiflanadi.
2016-yil 7-sentabrda PMR Prezidentining 348-sonli „2006-yil 17-sentabrda oʻtkazilgan respublika referendumi natijalarini amalga oshirish toʻgʻrisida“gi farmoni eʼlon qilindi. Unga koʻra, Dnestrboʻyi Moldova Respublikasi Rossiya Federatsiyasiga yanada qoʻshilish maqsadida qonunchilik bazasini Rossiya qonunchiligiga muvofiqlashtirish jarayonini boshladi. Shunday qilib, 2017-yildan beri Dnestrboʻyi ikkinchi davlat bayrogʻi sifatida Rossiya bayrogʻidan foydalanmoqda.
2017-yilda Dnestrboʻyi hududida Rossiya Federatsiyasining 213 ming fuqarosi yashamoqda.