Baqtriya–Margʻiyona arxeologik majmuasi
arxeologik madaniyatlardan biri / From Wikipedia, the free encyclopedia
Baqtriya-Margʻiyona arxeologik majmuasi (inglizcha: Bactria-Margiana Archaeological Complex — BMAC) — Sharqiy Turkmaniston, Oʻzbekiston janubi, Shimoliy Afgʻoniston va Gʻarbiy Tojikiston hududida XXIII-XVIII asrlargacha mavjud boʻlgan bronza davri sivilizatsiyalaridan biri. Ushbu sivilizatsiya Pokistondagi hind sivilizatsiyasi hamda Mesopotamiyadagi Qadimgi Bobil qirolligi bilan bir vaqtga toʻgʻri keladi.