Afshorlar sulolasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Afshorlar sulolasi (ozarbayjoncha: Əfşarlar sülaləsi; forscha: افشاریان) — XVIII asr oʻrtalarida Eronda hukmronlik qilgan sulola. Bu sulolaga 1736-yilda Safaviylar sulolasining soʻnggi vakilini taxtdan agʻdarib, oʻzini Ozarbayjon va Eron shohi deb eʼlon qilgan harbiy sarkarda Nodirshoh asos solgan.
Nodirshoh hukmronligi davrida Eron Sosoniylar saltanatidan keyingi eng katta hududga ega davlat edi. Bu davlat Nodirshoh davrida eng katta hududga ega paytida hozirgi Eron, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Shimoliy Kavkaz ( Dog'iston ), Afg'oniston, Bahrayn, Turkmaniston, O'zbekiston va Pokiston, shuningdek Iroq, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Ummonning ba’zi bir qismlariga hukmronlik qilgan. Nodirshohning oʻlimidan soʻng imperiyaning katta qismi Zendlar, Durroniylar, Gruzinlar va Kavkaz xonliklari oʻrtasida boʻlingan bir paytda, Afshorlar hukmronligi esa Xurosondagi kichik mahalliy davlat bilan chegaralangan. Afshorlar sulolasi hukmronligi 1796-yilda Og'a Muhammad Xon Qojar tomonidan tugatildi.